60
6-BOB. XORIJIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHIGA XALQARO
IQTISODIY INTEGRATSIYANING TA’SIRI
6.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK imkoniyatlarini
kengaytirish
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – davlatlararo iqtisodiy kelishuvlar shaklini
oluvchi davlatlarning xo’jalik-siyosiy birlashish jarayonidir. Xalqaro iqtisodiy
integratsiyani amalga oshirishda davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi
turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish
muhim turtki bo’ldi. XXI asr boshida jahonda 100 dan ortiq davlatlarni qamrab
oluvchi 30 ga yaqin integratsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib
pirovardida
milliy va xalqaro tadbirkorlik strukturalari xizmat qiladi, ularning manfaatlari
quyidagi omillarga qaratilgan:
- xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil qilish
yo’li bilan korxonalarning geografik faoliyat doirasini kengaytirish;
- sotish va transport sarflarini qisqartirish bilan tovarlar, xizmatlar, kapitallar,
ishchi kuchi xalqaro ayirboshlash yo’lida to’siqlarni
bartaraf qilish asosida
mintaqaviy bozorlarni kamrash, tarif va notarif to’siqlarni yo’qotish, tovarlar va
xizmatlar yetkazib berish hajmini, shuningdek assortimentini kengaytirish hisobiga
mintaqaviy bozordagi o’rnini mustahkamlash;
- mintaqa miqyosida va masshtab samarasi ustunliklarini amalga oshirishda
xalqaro mehnat taqsimotidan foydalanish yordamida ishlab chiqarishni tarkibiy qayta
qurish va ratsionallashtirishga qiziqish;
- mintaqaviy guruhning barcha a’zo-mamlakatlari uchun davlat buyurtmalari
milliy bozorining ochilishi;
- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha
bitimlar va yangiliklar
kiritish oqimining o’sishi;
- integratsion guruhga a’zo davlatlar kompaniyalari raqobatbardoshligini
ITTKI xarajatlarini ko’paytirish hisobiga mustahkamlash;
- integratsion guruhga a’zo davlatlarning muvofiqlashtirilgan tashqi iqtisodiy
siyosati evaziga noaniqlik tavakkalchiligini qisqartirish;
- milliy kompaniyalarni xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va xalqaro
korporatsiyalarni tashkil qilishga qiziqishi;
- bevosita xo’jalik aloqalari, kooperatsiyalash va hamkorlikning boshqa
shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;
- standartlarni unifikatsiyalash, soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, xalqaro
savdo-iqtisodiy muzokaralar sonini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarini qisqartirish;
-
xalqaro ishlab chiqarish, savdo va investitsion oqimlarni kengaytirish yo’li
bilan bandlik darajasini oshirish;
- korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish.
61
Yevropa Ittifoqi (YEI)
1
; erkin savdo haqida Shimoliy Amerika kelishuvi
(NAFTA – AQSh, Kanada, Meksika); Janubi-Sharkiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi
(ASEAN – Bruney, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Birma, Filippin,
Singapur, Tailand, Vetnam); MERKOSUR (Braziliya, Argentina, Paragvay,
Urugvay) kabi yirik integratsion birlashmalarning faoliyat
yuritish natijalari milliy
va xalqaro kompaniyalar manfaatiga ko’ra integratsion jarayonlarning muayyan
ketma-ketligi shakllanganligidan dalolat beradi. Birinchi navbatda investitsiyalar
(milliy rejimni kiritish muammolari, xalqaro shartnomalarga kafolatlangan
muvofiqlikni ta’minlash, investitsiyalarni milliylashtirishdan ishonchli kafolatni
ta’minlash) xizmatlar sohasi, savdo masalalari hal qilinardi.
Xalqaro savdoning jonlanishi, sotish
bozorlarining kengayishi, investitsiya
oqimlarini ko’paytirish ishlab chiqarishni qayta tashkil qilishni rag’batlantirdi. Bunda
integratsion jarayonlar xorijiy investitsiyalarning uchta afzalliklari – mulkni xarid
qilish, ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va integratsion birlashmalar hududida
korxonalarni ratsional joylashishini amalga oshirishga yordam beradi.
Integratsion guruhda iqtisodiy aloqalarni rivojlanish intensivligini xalqaro
menejer o’z qo’l ostidagi statistik ma’lumotlarga qarab bir necha usullar bilan
kuzatishi mumkin.
Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar
kiradi:
- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida
ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi. Masalan, 1980 yilda YEI a’zo-
mamlakatlari o’rtasida tashqi savdo aylanishining yillik o’sish sur’ati 9 % ni, 90-
yillar oxirida 20 % ni tashkil etdi.
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning
boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish. Xususan, 1980 yilda YEI
a’zo-mamlakatlar o’zaro BXI YEI hududida umumiy sarmoyalar oqimining 25 % ini,
90-yillar oxirlarida 50 % ga yaqinni tashkil etdi.
- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar
firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar
soni bilan
taqqoslash.
Iqtisodiy integratsiya doirasida firmalarning birlashishiga ko’maklashuvchi
asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ishlab chiqarish ko’lamining samarasi;
- texnologiyalarni o’zaro ayirboshlash;
- korxonalar joylashgan o’rni ustunliklaridan foydalanish (Shimoliy va
MarkaziyYevropada murakkab qismlarni ishlab chiqarish, Janubda esa arzon ishchi
kuchi tomonidan yig’ish yo’lga qo’yilgan);
- mahalliy iste’molchilarning talabini yanada to’laroq qondirish uchun
mahsulot assortimentini kengaytirish;
- ITTKI xarajatlarini ko’paytirish imkoniyatlari;
1
(YEIga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar,
Irlandiya, Ispaniya, Portugaliya,
Finlyandiya, Shvetsiya, Avstriya, Gretsiya kiradi, 2004 yil 1 mayda 10ta mamlakat qo’shilgan)
62
- transfert baholarni qo’llash (birinchi navbatda, turli davlatlarda moliya
sharoitlari va soliqlar farqlanuvchi tarmoqlarda);
- davlat buyurtmalarini olish;
- ITT imkoniyatlari o’sishi;
- yuk tashishlarni firma ichida taqsimlash hisobiga transport xarajatlarini
qisqartirish.
Dostları ilə paylaş: