95
uning oila a’zolari maktablarga va boshqa ijtimoiy sohalarga qayta moslashishi ancha
og’ir bo’ladi.
Xorijda boshqaruv ishiga tayinlash xodimning lavozimda ko’tarilishiga
turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xorijiy xizmat safarida bo’lganlarning
fikriga
ko’ra va yuqori mavqe boshqaruvchilarning xizmat bo’yicha ko’tarilishiga qaraganda
xorijda ishlash uzoq istiqbolda xodimning xizmat bo’yicha ko’tarilishiga jiddiy ta’sir
qilmaydi. Lekin xorijiy xizmat safarining mansab ko’tarilishiga salbiy va ijobiy ta’siri
haqidagi misollar ko’p. Shaxsiy farqlardan tashqari kompaniyalar bo’yicha ham
farqlar mavjud bo’lib, ular firmaning umumiy faoliyatida xorijiy biznesning roli,
ichki va xalqaro faoliyatning qanchalik bog’langanligi, bosh firma va filiallar
xodimlari o’rtasidagi aloqa kabi omillarga bog’liq bo’ladi.
“General Motors” (GM) kompaniyasida xalqaro mehnat tajribasi mansab
bo’yicha siljishga qanday ta’sir qilishini quyidagilardan ko’rish mumkin. GM
kompaniyasining atigi uchta yuqori boshqaruvchisi AQShdan tashqaridagi
korxonalarda uzoq muddatli xizmat safarida bo’lgan. Boshqaruv xodimlarining 83%
hech qanday xalqaro mehnat tajribasiga ega bo’lmagan
holda xizmat zinasidan
ko’tarilishi esa bu tajribaning mansab bo’yicha siljishga ta’sir yetmasligidan dalolat
beradi. Shunga qaramasdan bu holat GM xorijda muvaffaqiyatga erishishiga
to’sqinlik qilmadi. Bu korporatsiya AQShning eng katta eksportchilaridan biri bo’lib,
uning mahsulotlari xorijda, ayniqsa Buyuk Britaniyada va Germaniyada yetarli
darajada raqobatbardosh. Uning ichki ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga
qaratilgan tashkiliy va kadrlar siyosati umumkorporativ strategiyaga to’laligicha mos
keladi. Shunday bo’lsada, 1989 yilda GM har yili o’rtacha
mavqedagi amerikalik
menejerlarni 3-12 oylik muddatga xorijga jo’natish to’g’risida qaror qabul qildi. 1990
yilda esa bu muddat 20 oygacha yetdi.
Lekin juda kam menejerlar xorijiy mehnat tajribasiga ega ekanligidan qatiy
nazar yirik kompaniyalar boshqaruv zinasida yuqori pog’onaga chiqadilar.
Chet elda o’z bo’limlariga ega bo’lgan kompaniyalar faoliyati xorijiy filiallarda
ishlaydigan va o’z ish faoliyatining katta qismini chet elda o’tkazadigan xalqaro
toifadagi menejerlarning malakasiga yuqori bog’liq bo’ladi. Ular odatda bosh
kompaniyada yuqori boshqaruv mansabiga ega bo’lmaydilar, lekin ko’pchilik
hollarda ulardan ko’proq mas’uliyat va ish xaqiga ega bo’ladilar.
Boshqa kompaniyalarda esa kompaniya rahbariyatining kafilligiga qaramasdan
chet elga ishchilarni xizmat safariga jo’natish yuqori qaltislikka ega. Ushbu
muammolarga xolisona baho berib “Ford” kompaniyasining
vitse-prezidentlaridan
biri shunday degan edi: “Ford” kompaniyasining ko’pgina xodimlari uchun
(boshqaruvning o’rta va undan yuqori pog’onasida) chet elga ishga yuborish ularning
ish faoliyati uchun salbiy oqibatlarga olib keladi”. Bu holatga ikki narsa sabab
bo’lishi mumkin. Birinchidan, xizmat safaridan qaytgan xodimning firma
bo’limlarida yaxshi lavozimda ishlashi haqida hech kim qayg’urmaydi.
U chet elda
ishlayotganida uning o’rni bo’sh qolmaydi va u qaytganidan so’ng uning o’rnini
egallagan xodimni ishdan bo’shatib bo’lmaydi. Ikkinchidan, u yuqori mansablarga
ega bo’lish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib borilmaydi.
Chet eldagi filiallardan qaytgan xodimlarning ish faoliyati bilan bog’liq
bo’lgan muammolar yuzaga kelganida, shu xodimlarni chet elda ishlashga
96
undaganlar uchun qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ba’zi
kompaniyalar
xodimlarning ish faoliyati uchun havf-xatar mavjudligini tan oladi va xodimning chet
elga ishga ketishini juda yuqori moddiy rag’batlantirishga tayyor. Bu muammoni
yechish uchun ko’pgina kompaniyalar xodim ish faoliyatini rejalashtirayotganda chet
elga xizmat safarlarini oldindan ko’rib chiqishadi va bosh kompaniyada xodimning
huquqlarini himoya qiladigan rahbarlar (kuratorlar) muassasasini tashkil qiladilar.
Ba’zi firmalar xodim xizmat safaridan qaytganda avvalgi lavozimidan past
bo’lmagan ishga ega bo’lishi haqida yozma kafolat ham (“Dou Kemikl”
kompaniyasi) berishadi. Chet elda ishga tayinlanmagan xodimlarga kelajakda qanday
lavozimga ega bo’lishlari haqida kompaniyalar kafolat bermaydilar.
Bosh kompaniyaga ishga jo’natiladigan mahalliy kadrlar boshqa muammoga
duch kelishadi. Agar bu xodimning filialdagi lavozimini ko’tarish
deb qaralsa, u
holda bosh ofisga ishga o’tish doimiy bo’lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: