VI
bob. CHIGIT SIFATINI ANIQLASH USULLARI
6.1.
Urug„lik paxtadan olingan, ekishga moijallangan urug„lik
chigitning sifatini aniqlash
Urug„lik chigitning sifatini amqlashdan maqsad - kategoriyasi boyicha
iflosligini,
namligini, mag„zining to„liqligini, pishib yetilganligini va
mexanik shikastlanmaganligini belgilashdir.
Urug„lik chigitning sifatini aniqlash uchun namuna olinadi.
Namuna
olish tartibi va tanlab olish usullari 663-raqamli standartda keltirilgan.
Ushbu standart qo„llanish doirasi bo„yicha talablari majburiydir.
Urug'lik chigitlar quyidagi texnik talablarga javob berishi
kerak:
—
ekish uchun g„o„zaning rayonlashgan yangi va istiqbolli navlarining
elita hamda birinchi (Ri), ikkinchi (R2) va uchinchi (R
3
) avlodli chigitlari
ishlatilishi kerak. R4 va so„nggi avlodlari Respublika qishloq xo„jalik
vazirligining ruxsati bilan ekiladi;
—
urug„lik chigit navligi 38-jadvalda ko„rsatilgan
talablarga javob
berishi kerak;
—
uruglik chigit unuvchanligi bo„yicha 39-jadvalda ko„rsatilgan I, П
va III talablardagidek uchta sinfga bo„linadi.
Ishlab chiqaruvchi va talablar o„zaro kelishuviga muvofiq urug„lik
chigit bo„yicha 3-jadvalda keltirilgan talablarga binoan o„sib chiqish
quvvati bo„yicha tavsiflanishi mumkin.
Uruglik chigit ekishga tayyorlash bo„yicha quyidagilarga
bo„linadi:
—
tukli (linterdan keyin);
—
mexanik usulda tuksizlantirilgan;
—
kimyo-mexanik usulda tuksizlantirilgan.
Namlik (namlikning massaviy ulushi), ifloslik (mineral
va organik
ifloslik
aralashmalarining
massaviy
ulushi),
tuklilik,
mexanik
shikastlanganlik va qoldiq tolalik ko„rsatkichlari bo„yicha uruglik chigit 39-
jadvalda keltirilgan
me‟yorlarga
munosib boiishi kerak.
127
Tukliligi bo„yicha tuksizlantirilgan chigitlar tegishli tartibda
tasdiqlangan namunalarga mos kelishi kerak.
Chigit
kategoriyasi ifloslik, namlik yoki mexanik shikastlan- ganlik
ko„rsatkichlarining eng yomoni bo„yicha aniqlanadi.
Tuksizlantirilgan
uruglik
chigitni
ekish
uchun
moijallangan
fraksiyasining oichamlari bo„yicha bir tekisliligi 94 % dan kam bol- masligi,
to„kilgan dorilagich aralashmasining mavjudligi esa 0,5 %
dan oshmasligi
kerak.
Tuksizlantirilgan uruglik chigit tayyorlash uchun unuvchanligi
bo„yicha faqat I va П sinfga tegishli chigitlami ishlatishga ruxsat etiladi.
Elita uruglni yetishtirish uchun elita-urug„chilik xo„jaliklarida
ekiladigan oilalar bo„yicha yigilgan chigit unuvchanligi bo„yicha
I sinfdan
past boimasligi kerak.
38-jadval
Dostları ilə paylaş: