Glikoliz va glyukoneogenezning o‘zaro
bog‘liqligi (Kori sikli)
Organizmning ayrim to‘qimalarida uglevod almashinuv jarayonlari
bir-birlari bilan bog‘liq holatda, ya’ni bir-birlarini to‘ldirib boradilar.
Masalan, muskul to‘qimasi faol ishlashi natijasida glikogen laktat
kislotasiga parchalanadi. Hosil bo‘lgan laktat qon bilan jigarga boradi va
glikoneogenez jarayoni natijasida glyukozaga aylanadi. So‘ng esa
glyukoza jigardan, qon orqali yana muskul to‘qimasiga kelib, ma’lum
miqdori glyukogenga aylansa, ma’lum miqdori energetik material sifatida
muskullarda parchalanadi va laktat hosil qilishi mumkin.
Bu to‘qimalararo (organlar) boshqarilish siklini Karl va Gerta Korilar
(er-xotin) ochgan bo‘lib, hozirda bu kashfiyot «Kori sikli» deb nomlanadi.
Bu ilmiy ishlari uchun ular Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar (61-rasm).
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Kori sikli» anaerob organizmlarda
doimiy bo‘lib, inson organizmida juda kam ro‘y beradi. Chunki hosil
bo‘lgan laktatni asosiy miqdori muskul to‘qimasi (ish bajarmagan)
holatida oksidlanib, glyukoza va so‘ng glikogenga aylanadi.
61-rasm.
Korisikli sxemasi
216
Glyukozaning pentozofosfat siklida
(apotomik yo‘l) parchalanishi va uning
fiziologik ahamiyati
Glyukozaning pentozofosfat hosil qilish yo‘li bilan parchalanishi
hujayra sitoplazmasida yuz beradi. Pentozofosfat sikli yoki apotomik
parchalanish yo‘lining ochilishi Varburg, Linman, Dikkens va V.A.
Engelgardtlarning nomi bilan bog‘liédir. Ular hayvon hujayrasida
(masalan, eritrotsitlarda) geksozafosfatning ikki fosfotriozaga
parchalanmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishini ko‘rsatib
berganlar. Bu yo‘l bilan glyukozaning parchalanishi asosiy – aerob
parchalanishdan glyukoza-6-fosfat hosil bo‘lishi bosqichidanoq farqlana
boshlaydi. Agar aerob parchalanishda glyukoza-6-fosfat fruktoza-6-
fosfatga, bu esa fosforlanib, fruktoza-1,6-difosfatga aylansa,
pentozofosfat siklida glyukoza-6-fosfat to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanib,
ÑO
2
ajratib chiqaradi va pentozofosfatga aylanadi. Shuning uchun,
«pentozofosfat sikli»ni «uglevodlarnig to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishi»
ham deyiladi.
Uglevodlarning pentozofosfat sikli bo‘yicha parchalanishda
birdaniga 6 molekula glyukoza-6-fosfat glyukoza-6-fosfat
degidrogenaza fermenti (kofermenti NADF
+
) ta’sirida oksidlanib (6 mol
NAD·H
2
hosil qilib) 6 molekula 6-fosfoglyukonolaktonga aylanadi. Bu
esa fosfoglyukonolaktonaza fermenti ta’sirida 6 molekula H
2
O biriktirib,
6 molekula fosfoglyukonat hosil qiladi. Fosfoglyukonatdegidrogenaza
(kofermenti NADF
+
) fermenti ta’sirida esa 6 molekula CO
2
va 6
molekula NAD·H
2
ajralishi natijasida 5 fosfoglyukonat 6 molekula
ribuloza-5-fosfatga aylanadi. Bu esa oraliq 3 «C», 4 «C», 7 «C» li
metabolitlar (triozalar, tetrozalar, sedageptulozalar) paydo qilib bir
molekula H
2
O biriktirilishi bilan, 2 molekula fosfat kislota va 1 mol
pentoza (riboza) hamda 5 molekula glyukoza-6-fosfat bunyod qiladi.
Pentoza-6-fosfat siklida uglevodlarning parchalanishi quyidagi
tartibda boradi (62-rasm).
Pentoza fosfat siklini yana glyukozaning «apotomik parchalanishi»
«geksozomonofosfat shunti», «fosfoglyukonatli yo‘l» deb ham
nomlanadi.
Uglevodlarni pentozofosfat siklida parchalanishi jarayonining
yigindi tenglamasi quyidagicha:
217
6Gluyukoza-6-fosfat+7H
2
O+12NADF+
→
5Gluyukoza-6- fosfat+6CO
2
+Pi+12NADFH+12H
+
yoki
Gluyukoza-6-fosfat + 7H
2
O + 12NADF +
→
6CO
2
+ Pi +
12NADFH + 12H
+
Dostları ilə paylaş: |