Uglevodlarning anaerob yo‘l bilan parchalanishi
(glikoliz va glikogenoliz)
Uglevodlarning anaerob (kislorodsiz) parchalanishi glyukozadan
yoki glikogendan boshlanishi mumkin. Glyukozaning anaerob
parchalanishi – glikoliz, glikogenniki esa –
glikogenoliz
deyiladi. Har
ikki holda ham oxirgi mahsulot sut kislotasi (laktat)dir (58-rasm).
Glikogenolizda 1-bosqich, ya’ni glikogendan glyukoza-1-fosfat hosil
bo‘lishi ortiqdir: qolgan bosqichlari glikoliz bilan bir xil boradi. Anaerob
parchalanishni glyukoza-6-fosfatdan toki piruvat hosil bo‘lguncha
davom etadigan hamma bosqichlari glyukozaning aerob parchalanishi
(ya’ni glikolitik bosqich) bilan bir xildir.
Uglevodlarning anaerob parchalanishi quyidagi bosqichlarda
kechadi:
Glikoliz uchun ikki hodisa xarakterlidir:
1) substratli fosforlanish;
2) glikolitik oksidoreduksiya.
Substratli fosforlanishni oksidlanish yo‘li bilan fosforlanishdan farqi
– bunda membrana va elektronlar o‘tkazish zanjiri (EO‘Z)
qatnashmaydi. Glikolizning ma’lum metabolitida (substratida)
to‘plangan energiya ADF ga uzatilib, uning fosforlanishi natijasida ATF
sintezlanadi. Bunday metabolitlarga 1,3-difosfoglitserat va
fosfenolpiruvatlar kiradi.
Glikolitik oksidoreduksiya – bu fosfoglitserin aldegidi va piruvat
orasidagi oksidoreduksiya bo‘lib, bunda piruvat qaytariladi va sut
kislotasi (laktat) hosil bo‘ladi. Bu hodisa kislorodsiz sharoitda yuz beradi
va kislorod to‘qimalarda yetarli bo‘lishi bilan laktat oksidlanib, piruvatga
aylanadi; elektronlar va vodorod ionlari esa to‘qima nafas olish zanjiri
(EO‘Z) orqali kislorodga birikadilar hamda energiya (3x2=6 mol ATF)
va 2 mol H
2
O hosil bo‘ladi:
Glyukoza + 2 ADF + 2Pn ————
→
2L-laktat + 2ATF + 2 H
2
O
Glikoliz hamma tirik organizm uchun xosdir. Glikoliz anaerob
organizmlar uchun yagona energetik manba bo‘lib, hujayralarni kislorod
tanqisligi holatida minimal energiya bilan ta’minlaydi (2ATF): aerob
organizmlar (hayvonlar, insonlar) uchun esa glikoliz glyukozani aerob
oksidlanishining shartli (tayyorlov) birinchi glikolitik bosqichdir.
Glikoliz jarayonida hosil bo‘ladigan metabolitlar – laktat, piruvat,
glitserat va triozalar organizmda yuz beradigan turli katabolitik va
anabolitik jarayonlar uchun kerakli mahsulotdir. Glikoliz sitoplazmada
211
borib, aerob oksidlanish uchun shart bo‘lgan membrana, mitoxondriya
butunligini talab qilmaydi. Shuning uchun ba’zi «mitoxondrial
kasalliklar» vaqtida glikoliz asosiy energiya bilan ta’minlovchi manba
vazifasini o‘taydi («halokatdan saqlanish mexanizmi»): shu bilan birga
sitoplazmada boradigan biosintetik jarayonlar, asosan glikoliz davomida
hosil bo‘ladigan ATF hisobiga boradi.
58-rasm.
Glikolis va piruvatning oksidlanishi
|