Glyukozaning laktat va piruvatdan biosintezlanishi (glyukoneogenez) Glyukoneogenez – bu laktat va Krebs sikli mahsulotlaridan
glyukozaningbiosintezidir.Glyukoneogenez jigarda sodir bo‘ladi.
Glyukoneogenez glikolizning qaytar jarayoni bo‘lib, bunda glikolizning
3 ta qaytmas bosqichii mavjud:
FEP
→
PIRUVAT
FRUKTOZA-6-FOSFAT
→
FRUKTOZA-1,6-DIFOSFAT
GLYUKOZA
→
GLYUKOZA-6-FOSFAT
Glyukoneogenez jarayonida bu 3 ta qaytmas bosqichni quyidagi
fermentlar yordamida qaytar holatga keltiriladi:
1-Piruvatkarboksilaza, bu ferment piruvatga CO
2
birikib,
oksaloatsetat hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
2-FEP karboksilaza – bu oksaloatsetatni FEP, hamda CO
2
gaaylanishini katalizlaydi.3-Fruktoza-1,6-difosfataza – bu fruktoza-1,6-
difosfatni fruktoza-6-fosfatga aylanishini tezlatadi.
4-Glyukoza-6-fosfataza esa glyukoza-6-fosfatni glyukoza va fosfat
kislotasiga aylanishini tezlatadi.
Sut kislotasi (laktat) dan glyukoza sintezlanishining
(glyukoneogenez) sxemasi quyidagicha (59-rasm).
Biotin va uning uglevod almashinuvidagi vazifasi Biotin (H vitamini) piruvatkarboksilaza fermentining faol markazi
tarkibiga kiradi. Piruvat karboksilaza fermenti piruvatni karboksillanishi
reaksiyasini katalizlaydi va oksaloatsetat hosil bo‘ladi. Biotin fermentga
CO
2
biriktirib, «CO
2
-ning faol shakli» yuzaga keladi.
Biotin karboksilaza fermentining kofermenti vazifasini bajaradi va
piruvat, a-ketoglutarat, aspartat kislotalarining karboksillanishi
reaksiyasida qatnashadi. Shuning uchun, biotin avitaminozida
yuqoridagi kislotalarni karboksillanishi buzilib, ko‘p simptomli
kasalliklar yuz beradi. Masalan: terilarning yallig‘lanishi, soch to‘kilishi,
yog‘ bezlaridan ko‘p miqdorda yog‘ ajralishi (seboreya) va boshqalar.