Biokimyo pmd


Uglevodlarning hazmlanishi va so‘rilishi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Uglevodlarning hazmlanishi va so‘rilishi
Polisaxaridlar va disa-
xaridlar oshqozon-ichak
traktida hazmlanib mono-
saxaridlarga aylanadi.
Hazmlanish og‘iz bo‘shli-
g‘ida so‘lak tarkibidagi
amilaza va maltaza fer-
mentlari ta’sirida bosh-
lanib, asosiy hazmlanish
o‘n ikki barmoqli ichak va
ingichka ichakning bosh-
lang‘ich qismida (pH 8-9)
boradi. Oshqozonda uglevodlarning parchalovchi fermentlar yo‘q.
Uglevodlarning hazmlanishini ta’minlaydigan amilaza, saxaroza,
maltaza, laktaza, amilo-1,6-glyukozidaza fermentlari oshqozon osti bezi
va ingichka ichak shilliq qavatida ishlanib chiqadi. Kletchatka
(oshqozon-ichak traktida) hazmlanmaydi va najasni hosil bo‘lishini
ta’minlaydi.
Monosaxaridlar (asosan glyukozaga aylangan holatda) ingichka
ichak epiteliysidagi mikrovorsinkalar orqali ATF sarflanishi bilan
56-rasm.
 
Uglevodlarning fazoviy ko‘rinishi


207
(konsentratsiya gradiyentiga qarshi) so‘rilib qonga o‘tadi. (Ovqat bilan
uglevodlar oshiqcha miqdorda iste’mol qilinganda, oz miqdorda
saxaroza, laktozalar ham so‘rilishi mumkin. Ammo ular organizmda
foydalanilmaydi, siydik orqali chiqarilib yuboriladi).
Qon bilan glyukoza jigarga boradi va uning ma’lum miqdori
glikogenga aylanadi, asosiy miqdori esa qon bilan hamma to‘qima
hujayralariga yetkaziladi. Qonda glyukozaning miqdori normada
(sog‘lom kishilar qonida) 70-120 mg % (yoki «CI» bo‘yicha 3,6-6,1
mmol/l) bo‘ladi.
Glyukozaning katabolizmi
Glyukoza to‘qimada asosan kislorod ishtirokida hamda kislorodsiz
sharoitda parchalanishi mumkin. Buning uchun glyukoza avvalo
geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF sarflanishi bilan glyukoza-6-
fosfatga aylanadi. Faollashgan glyukoza-6-fosfatni taxminan 65%
to‘qimada parchalanadi; 30% yog‘ga, 5% esa glikogenga aylanadi.
Glyukozaning parchalanishi 3 xil yo‘l bilan yuz beradi:
a) aerob (kislorodli) parchalanish;
b) anaerob (kislorodsiz) parchalanish;
d) pentozofosfat (apotomik) parchalanish.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin