Biokimyo pmd


Hazmlanish jarayonlarini boshqarilishi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Hazmlanish jarayonlarini boshqarilishi
Oziq mahsulotlarni hazmlanishi me’da-ichak yollarida
sintezlanuvchi gormonxos moddalar tizimi bilan boshqariladi (jadval).
Shulardan gista’min gistidinni dekarboksillanishidan hosil bo‘ladi,
gastrin, sekretin va xolesistokinin peptidlardir. Qolganlarining kimyoviy
tuzilishi aniqlanmagan (23-jadval).
Ularning hosil bo‘lishi ovqatga va uning tarkibiga bog‘liq. Me’daga
ovqat tushganda gista’min va gastrin sintezlanib, o‘z navbatida HCl va
pepsinni ajralishiga olib keladi. Ximusni o‘n ikki barmoqli ichakka
o‘tishi me’da suyuqligi ajralishini tormozlovchi enterogastronni qonga
ajralishiga turtki bo‘ladi. Ximusni ichakka o‘tishi sekretin,
xolesistokinin-pankreozimin, ximodenin, enterokrinin ishlab
chiqilishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon esa hazmlanish uchun kerak
bo‘ladigan pankreatik va ichak shirasini ajralishiga olib keladi.
23-jadval
Hazmlanish jarayoni boshqaruvchilari va ularning xususiyatlari
Boshqaruvchi Hosil bo‘lish joyi Ta’sir etish joyi Ta’siri
Gista’min Me’da shilliq qavati Me’da shilliq Me’dada HS1 va
qavatining asosiy va qisman pepsinogenni
qoplovchi hujayralari ajralishini kuchaytiradi
Gastrin
Me’da shilliq qavati Me’da shilliq Me’dada HS1 va
qavatining pepsinogenni ajralishini
asosiy va qoplovchi
hujayralari kuchaytiradi.
Enterogastron
O’n ikki barmoqli Me’da shilliq qavati Me’dada HS1
ichak shilliq qavati
hujayralari
va pepsinogenni
ajralishini tormozlaydi
Sekretin Ingichka ichak shilliq Me’da osti bezi iva jigar Pankreasda suv va
qavati
gidrokarbonatlarga boy
suyuq pankreatik shirani
ajralishini kuchaytiradi
Jigarda ot hosil
bo‘lishini
jadallashtiradi
Xolesistokinin- Ichak shilliq qavati Me’da osti bezi va otpufagi Pankreasda fermentlarga
pankreozimin boy pankreatik shirani
ajralishini jadallashtiradi
va otpufagini
qisqarishiga olib keladi.


266
Ximodenin
Ichak shilliq qavati Me’da osti bezi Me’da osti bezida
oqsillarni va ayniqsa
ximotripsinogenni
sekretsiyasini
medakuchaytiradi
Pankreozimindan farqli
olaroq, boshqa
fermentlarga ta’sir
etmaydi
Enterokrinin
Ichak shilliq qavati Ichak shilliq qavati Ichak bezlari faoliyatini
oshiradi.
Villikinin
Ichak shilliq qavati Ichak shilliq qavati Ichak vorsinkalari
vorsinkalari. harakatini kuchaytiradi
va shu bilan ximusni
ichakda harakatini
ta’minlaydi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin