111-rasm.
Siydik hosil bo‘lishi jarayoni
418
aylanadi. Kanalchalarda 99% suv, natriy, xlor, gidrokarbonat,
aminokislotalar, 93% kaliy, 45% siydikchil reabsorbsillanadi.
Nefronlarda 1 sutkada 180 l suyuqlik filtrlanadi va qaytadan so‘riladi.
Reabsorbsiya natijasida birlamchi siydikdan ikkilamchi siydik
hosil bo‘lib, u kosacha va qovuqda to‘planadi. Uning tarkibidagi
asosiy moddalar rasmda keltirilgan.
Nefron proksimal qism hujayralari filtratga o‘tgan glyukoza,
aminokislota, vitamin, elektrolitlarni; birlamchi siydikdagi 6/7
suyuqlikni proksimal kanalchalarda reabsorbsiyalaydi.
Distal kanalchalarda natriy qo‘shimcha reabsorbsiyalanadi, unda
nefron bo‘shlig‘iga kaliy ionlari, ammoniy, vodorod ajralishi
mumkin. Hujayradagi ATF 80% energiyasi natriy reabsorbsiyasida
faoliyat ko‘rsatuvchi «natriy nasosi»ga sarflanadi. Proksimal qismda
suvning so‘rilishi natriyning faol so‘rilishi hisobiga passiv amalga
oshiriladi. Distal qismda, natriy ionlari so‘rilishga bog‘liq bo‘lmagan
holda, antidiuretik gormon yordamida boshqariladi.
Natriydan farqli ravishda kaliy nafaqat reabsorbsiyalanadi, balki
sekretsiya ham qilinadi, bu «natriy – kaliy nasosi»ning ishi hisobiga
boradi. Turli moddalarning reabsorbsiya va sekretsiyasi MNS va
gormonal omillar yordamida boshqariladi.
Buyraklarda natriy va suv reabsorbsiyasi quyidagicha
boshqariladi: Buyrak koptokchalariga qon oqimi pasayganda
arteriolalar devori cho‘ziladi, natijada arteriolalar devoridagi
yukstaglomerulyar apparat hujayralari qo‘zg‘alib, renin fermentini
ishlab chiqara boshlaydi (rasm). Uning ta’sirida angiotenzinogen
angiotenzin I ga aylanadi. O‘pkada dipeptidil–karbosipeptidaza I
ta’sirida angiotenzin I dan oktapeptid angeotenzin II hosil bo‘ladi.
Uning ta’sirida buyrak usti bezida aldosteron sekretsiyasi kuchayadi,
natijada kanalchalarda natriy reabsorbsiyasi ortadi, bir vaqtda
suvning reabsorbsiyasi ham ortadi. Sirkulyatsiya qiluvchi qon hajmi
ortadi. Arteriolada bosim oshadi va sistemada muvozanat tiklanadi
(112-rasm).
Yukstaglomulyar apparat hujayralarida reninnnig ishlab
chiqarilishi buyrakning muhim inkretor (ichki sekretor) a’zo
ekanligini ko‘rsatadi. Buyraklarda ishlab chiqarilgan eritropoetin
oqsil tabiatiga ega bo‘lib, eritropoezni kuchaytiradi.
419
112-rasm.
Buyrak gormonlari va reninangiotenzin sistemasi
|