410
xossasidan xoli bo‘lib, suvda eruvchan va qonda uning miqdori oshsa
(buyrak «bo‘sag‘asi» 27,36-34,2 mkmol/l) buyrak orqali siydik bilan
chiqadi. Konyugatsiyalangan bilirubin
jigar hujayralarining biliar
qutbidan ajralib o‘t kapillyarlariga o‘tadi. Bu jarayon ma’lum miqdorda
energiya sarflash hisobiga bajariladi va bunda energiya manbai sifatida
ATF qatnashadi. Bilirubinni ekskretsiya qilish faoliyati jigar
hujayralarining tezda har xil holatlarning ta’siriga beriluvchan
funksiyalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bilirubin o‘tning
tarkibida
konyugatsiyalangan bo‘lib ichakka o‘tadi va u yerda bakteriyalarning
fermentlari-degidrogenazalar ta’sirida rangsiz urobilin tanachalariga:
1-urobilinogen, 3-urobilinogen, sterkobilinogenlargacha tiklanadi.
Bularning bir qismi darvoza venasi orqali katta qon aylanish yo‘liga
o‘tadi va siydik orqali ajraladi. Sog‘lom odamlarning siydigi bilan bir
kecha-kunduzda 0,5-2 mg urobilinogen ajraladi. Siydik bir oz idishda
turib qolsa, urobilinogen oksidlanib urobilinga va so‘ngra uroxromga
aylanadi.
Urobilinogenning asosiy qismi ichakning
quyi qismlariga tushib, u
yerda oksidlanib sterkobilinga aylanadi. Bir kecha-kunduzda najas orqali
150-300 mgacha sterkobilinogen va sterkobilin ajraladi. Chaqaloqlarda
va hayotning dastlabki uch oyi davomida ona suti bilan ta’minlangan
bolalar ichagida (ichak tayoqchalari bo‘lmagani uchun) bilirubindan
sterkobilin hosil bo‘lmaydi. Siydikda bilirubin moddasi bo‘lmaydi,
urobilin juda oz miqdorda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: