39
Oqsil molekulasining funksiya bajarishiga bog‘liq bo‘lgan
konformatsion o‘zgarish
Oqsil molekulasi har xil qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan
joylashuvi konformatsion struktura deb nomlanadi. Molekulaning bir
qismiga ta’sir etilsa shu molekulaning boshqa qismlarida ham
o‘zgarishlar kuzatiladi va bu o‘zgarishlar konformatsion o‘zgarishlar
deb nomlanadi.
Oqsillar funksiyasini bajargan vaqtida
ularning molekulasida
konformatsion o‘zgarish kuzatiladi. Masalan: gemoglobin molekulasi
kislorod bilan birikkanda uning birinchi subbirligining konformatsiyasi
o‘zgaradi bu esa o‘z navbatida
gemoglobin molekulasi qolgan
subbirliklarida konformatsion o‘zgarishga olib keladi. Natijada qolgan
subbirliklarning kislorodga bo‘lgan moyilligi ortadi.
Fermentlar katalitik funksiya bajarish vaqtida molekulasining
konformatsiyasi o‘zgaradi. Bunda molekulada «cho‘ntak» hosil bo‘ladi.
Natijada fermentning faol markaziga substrat
birikadi va ferment-
substrat kompleksi hosil bo‘ladi. Bu cho‘ntakka S (substrat) kirib
joylashganda katalitik reaksiya tezlashadi. Muzlatilganda oqsil va
ferment konformatsiyasi o‘zgarmaydi. Bunda oqsil funksiyasi vaqtincha
to‘xtaydi.
Agar oqsil asta-sekin eritilsa, oqsil molekulasi
konformatsiyasining o‘zgarishi hisobiga biologik funksiyasi qayta
tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: