Biokimyo pmd


Oqsillarning biologik xossasining konformatsiyasiga (ikkilamchi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Oqsillarning biologik xossasining konformatsiyasiga (ikkilamchi
va uchlamchi strukturaga) bog‘liqligi
Oqsillarning biologik xossasi (fermentlar, gormonlar, qarshi
tanachalar, antigenlar va boshqalar) ular molekulasining
konformatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Biologik faol oqsil molekulasi normal sharoitda oddiy haroratda,
neytral pH da ma’lum informatsiyaga ega bo‘ladi. Oqsilning faol
konformatsiyasi uni ajratib olishda polipeptid zanjirning uzilmasligiga,
denaturatsiyaga uchramasligiga bog‘liq bo‘ladi.
Faol oqsil konformatsiyasining o‘zgarishi qisman yoki to‘liq
biologik xossasini yo‘qotishiga olib keladi. Bunda vodorod, disulfid,
ion va boshqa bog‘lar uziladi.


39
Oqsil molekulasining funksiya bajarishiga bog‘liq bo‘lgan
konformatsion o‘zgarish
Oqsil molekulasi har xil qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan
joylashuvi konformatsion struktura deb nomlanadi. Molekulaning bir
qismiga ta’sir etilsa shu molekulaning boshqa qismlarida ham
o‘zgarishlar kuzatiladi va bu o‘zgarishlar konformatsion o‘zgarishlar
deb nomlanadi.
Oqsillar funksiyasini bajargan vaqtida ularning molekulasida
konformatsion o‘zgarish kuzatiladi. Masalan: gemoglobin molekulasi
kislorod bilan birikkanda uning birinchi subbirligining konformatsiyasi
o‘zgaradi bu esa o‘z navbatida gemoglobin molekulasi qolgan
subbirliklarida konformatsion o‘zgarishga olib keladi. Natijada qolgan
subbirliklarning kislorodga bo‘lgan moyilligi ortadi.
Fermentlar katalitik funksiya bajarish vaqtida molekulasining
konformatsiyasi o‘zgaradi. Bunda molekulada «cho‘ntak» hosil bo‘ladi.
Natijada fermentning faol markaziga substrat birikadi va ferment-
substrat kompleksi hosil bo‘ladi. Bu cho‘ntakka S (substrat) kirib
joylashganda katalitik reaksiya tezlashadi. Muzlatilganda oqsil va
ferment konformatsiyasi o‘zgarmaydi. Bunda oqsil funksiyasi vaqtincha
to‘xtaydi. Agar oqsil asta-sekin eritilsa, oqsil molekulasi
konformatsiyasining o‘zgarishi hisobiga biologik funksiyasi qayta
tiklanadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin