36
Lekin bu sanab o‘tilgan funksiyalar oqsillar bajaradigan barcha
funksiyalar emas, haqiqatda oqsillar bajaradigan funksiyalar juda
ko‘pdir. Hayvonlar to‘qima va a’zolari oqsilga boydir. Ko‘pchilik
bu oqsillar suvda yaxshi eriydilar. Lekin tog‘ay, soch, tirnoq, suyak
to‘qimasidan ajratilgan suvda erimaydigan ba’zi organik moddalar
ham oqsillar guruhiga kiritilgan, chunki ular o‘zining kimyoviy
tarkibi bo‘yicha mushak to‘qimasi, qon zardobi, tuxum oqsillariga
yaqin.
Oqsillar mushak, o‘pka, qora taloq, buyrak quruq massasining
70-80%ini, odam tanasi quruq vaznining 45%ni tashkil etadi. Hayvon
to‘qimalaridan farqli ravishda o‘simliklarda oqsillar kam saqlanadi.
Oqsillarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini
o‘rganish uchun odatda ularni suyuq to‘qimalar yoki oqsilga boy
bo‘lgan hayvon a’zolaridan, masalan: qon zardobi, sut, mushak, jigar,
teri, soch, tirnoqdan ajratiladi.
Oqsillar molekula shakliga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Globulyar oqsillar – suvda yaxshi eruvchan.
2. Fibrillyar – suvda erimaydigan oqsillar.
Dostları ilə paylaş: