Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Flavoproteinlar
Flavoproteinlar oqsillar bilan mustahkam bog‘langan prostetik
guruhni saqlaydi. Prostetik guruh izoalloksazin unumlari –
flavinmononukleotid (FMN) va flavinadeninukleotid (FAD) dan
iboratdir. Flavoproteinlar hujayradagi oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar – oksidoreduktazalar sinfiga
kiradi. Ba’zi flavoproteinlar metall ionlarini saqlaydilar. Gem
bo‘lmagan temir saqlovchi flavoproteinlarning tipik vakili bo‘lib
ksantioksidaza, aldegidoksidaza, SDG, degidroorotatdegidrogenaza,
atsil-KoAdegidrogenaza va elektronlarni transport qiluvchi flavoprotein


55
kiradi. Oxirgi 2 ferment mitoxondrial flavoproteinlarning taxminan 80%
ini tashkil etadi. Temir oqsil molekulasidagi sisteinning oltingugurti
bilan kovalent bog‘langan. Bunday oqsil kislotali gidroliz qilinganda
temir va H
2
S ajraladi. Sitoxromlardan struktur jihatdan farq qilishiga
qaramay, gemsiz flavoproteinlar elektron tashishda bir xil vazifani
bajaradilar.
Nukleoproteinlar
Nukleoproteinlar oqsil va nuklein kislotalardan tarkib topgan.
Nuklein kislotalar prostetik guruh sifatida ko‘riladi. Tabiatda bir-biridan
farq qiladigan 2 xil nukleoproteinlar topilgan dezoksiribonuk-
leoproteinlar (DNP) va ribonukleoproteinlar (RNP) (11-rasm).
Nukleoproteinlar nomi nuklein
kislotalar tarkibiga kiruvchi
uglevod qismining (pentozalar)
tabiatiga bog‘liq. RNPda
uglevod qismini riboza, DNPda
esa dezoksiriboza tashkil etadi.
«Nukleoproteinlar» termini
hujayra yadrosining nomi bilan
bog‘liq, lekin DNP va RNP
hujayraning boshqa organel-
lalarida ham bo‘ladi. DNP
asosan yadroda, RNP esa –
sitoplazmada bo‘lishi isbot-
langan. Ayni vaqtda DNP
mitoxondriyada, yadro va yadrochada esa yuqori molekulali RNP
topilgan.
Tekshiruvchilarning diqqat e’tibori oqsil va nuklein kislotalar
kompleksiga kiruvchi makromolekulalarning struktura va funksiyasiga
qaratilgan. Chunki hayot ko‘rinishining turli-tumanligi hujayralarda
sintezlangan oqsilning tabiati birinchi navbatda DNPga bog‘liq,
aniqrog‘i DNKga, tirik organizmning xususiyatlari esa sintezlangan
oqsilning xususiyatlari bilan belgilanadi.
DNK irsiy axborotni saqlaydi. Buning isboti sifatida bakteriyalarda
kuzatiladigan va shuningdek, odam hujayrasi kulturasidagi
transformatsiyani keltirish mumkin. Bu holatning asosida bir turdagi
hujayralar genetik turining boshqasiga o‘tishi DNK tabiatining o‘zgarishi
bilan borishi yotadi. Xromosoma bir necha santimetr uzunlikga ega

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin