56
bo‘lgan bitta DNK molekulasini saqlaydi. DNP xromosomalarning
tarkibiy qismi bo‘lgan mononukleosomalar tarkibiga kiradi. Shunday
qilib, xromatin tarkibiga DNK molekulasi, giston oqsillarning 5 sinfi
va giston bo‘lmagan oqsillar kiradi. Hayvonlar
hujayrasi yadrosida
DNKning miqdori 6 pg (10
-12
g)gacha bo‘ladi. E coli da DNK miqdori
0,01pgga teng.
5 sinf giston oqsillari o‘lchami, aminokislota tarkibi va zaryadining
(doimo musbat) kattaligi bilan farqlanib, quyidagicha belgilanadi:
H
1
–
lizinga boy,
H 2A - arginin va lizinga boy,
H 2B – arginin va lizinga qisman boy,
H
3
– argininga boy,
H
4
– glitsin va argininga boy.
Giston bo‘lmagan oqsillarning tabiati yetarli darajada aniqlanmagan.
Giston bo‘lmagan oqsillar hozirgi vaqtda jadal o‘rganilyapti. Ular
tarkibiga
murakkab oqsillar, fermentlar, shuningdek boshqaruvchi
oqsillar kiradi. Boshqaruvchi oqsillar o‘z xususiyatlari bo‘yicha
gistonlardan farqlanib, nordon oqsillar sifatida bo‘ladi.
Turli nukleoproteinlarda nuklein kislotaning miqdori 40 dan
65%gacha (masalan, pro- va eukariot ribosomalarida) bo‘ladi. Virus
nukleoproteinlarida nuklein kislota miqdori umumiy massaning 2-5%ni
tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda yadro xromatini (DNP),
ribosomalar va virus
nukleoproteidlari molekula usti kompleksi yoki strukturalar sifatida
ko‘rilmoqda.
Lipoproteinlar
Oxirgi yillarda lipoproteinlar (LP) kimyoviy tabiati va strukturasini
o‘rganish bo‘yicha ma’lum natijalarga ega bo‘lingan. Bu sinf murakkab
oqsillar, oqsil va lipiddan tashkil topgan prostetik guruhdan iborat.
Xususan, lipoproteinlar tarkibida neytral yog‘lar, erkin yog‘
kislotalari,
fosfolipidlar va xolesterin topilgan. Lipoproteinlar tabiatda keng
tarqalgan: o‘simliklarda, hayvon to‘qimalarida va mikroorganizmlarda,
ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Ular hujayra membranasi,
hujayra
ichidagi yadro, mitoxondriya, mikrosoma biomembranalarida,
shuningdek, erkin holatda uchraydilar (asosan qon zardobida). Bulardan
tashqari lipoproteinlarga o‘pka to‘qimasining
tromboplastik oqsili, tovuq
tuxumi sarig‘idagi lipovitellin, sutning ba’zi fosfolipidlari va boshqalar
kiradi. Lipoproteinlar miyelin qobiqlar, nerv to‘qimasi, xloroplastlar,
fotoretseptor va
elektron-transport sistemalar, ko‘z to‘r pardasi tayoqcha
va kolbochkasi va hokazolarning hosil bo‘lishida qatnashadi.
57
Ko‘pchilik LP jigarda yoki ichak shilliq qabatida sintezlanadi. Ular
polyar lipidlar va apooqsillar deb nomlangan oqsil bilan o‘ralgan
gidrofob lipid yadrodan iborat. 8 tur apooqsillar tafovut etiladi: apo –
AI, AII, B, CI, CII, CIII, D va E. Odatda, LP 5%gacha uglevodlar
saqlaydi (glyukoza, galaktoza, geksozamin, fukoza, sial kislota),
shuning
uchun, ularning ba’zilari glikoproteinlardir.
Qon zardobi lipoproteinlari elektroforetik harakatchanligi va
ultratsentrifugalashdagi zichligi bo‘yicha alohida sinflarga bo‘linadilar.
Zichligi past (ZPLP), zichligi juda past (ZJPLP), zichligi yuqori (ZYLP),
zichligi juda yuqori (ZJYULP) va oraliq zichlikka ega (OZLP)
lipoproteinlar tafovut etiladi.
Dostları ilə paylaş: