79
topilmaydi. Hujayraning bo‘linish fazasida xromatin oddiy
mikrosko‘pda ko‘rinadigan mo‘jazgina zarralar –
xromosomalarni
hosil qiladi.
Xromatin massasining taxminan 2\3 qismini
oqsillar tashkil qilsa, 1\3 qismi DNK dan iboratdir.
Xromatinda RNK ham bor (10 % gacha).
Xromatindagi barcha oqsillarning yarmi
molekulalari uncha katta bo‘lmaydigan oqsillar
– gistonlardir (molekulyar massasi 11 000 – 22
000). Gistonlarning xarakterli xususiyati tarkibida
lizin yoki arginin ko‘p bo‘lishidir; bu narsa ularga
ishqoriy tabiatni va DNKning kislota gruppalari
bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatini beradi.
Xromatinning elektron – mikrosko‘pik
fotosuratlarida ipga terilgan munchoqlarga
o‘xshab ketuvchi tuzilmalar ko‘rinib turadi. 5 xil
gistonlar bir-biridan molekulyar og‘irligi va
aminokislota tarkibi bilan farq qiladi. Har bir munchoq donasida 8 giston
molekulasi (H2A, H2B, H3, H4) va shularga o‘ralgan 150 nukleotid
juftiga yaqin uzunlikdagi DNK bo‘ladi. Bog‘lovchi (speyser) qismda
H1 giston uchraydi. Ana shunday strukturaga nukleosoma deyiladi.
DNK molekulalari shu tarzda joylashganida uzun molekulaga qaraganda
taxminan 7 baravar kichrayadi. Bu DNK joylanishining faqat 1
darajasidir xolos (21-rasm).
Odam DNKsi molekulalarining uzunligi santimetrlar bilan
o‘lchansa (3-5 sm atrofida bo‘ladi), xromosomaning uzunligi atigi bir
necha nanometr keladi. Demak, xromosomalarning joylanishida
DNKning qisqarish darajasi necha millionga borishi kerak. Munchoqlar
nukleosomaning buralib o‘ralishi natijasida hosil bo‘ladi. DNKning
joylanishining yuqori tartibdagi darajalari yetarlicha o‘rganilmagan.
Dostları ilə paylaş: