99
Aminoatsil-tRNK-sintetaza aktiv markazida gistidin saqlaydi, uni
imidazol halqasi Mg
+2
ionlari orqali ATFni bog‘lanishida ishtirok etadi.
Fermentlar o‘ziga xos tRNKlar bilan bog‘lanish xususiyatiga ega.
Vaholanki, ferment qanday qilib o‘zini tRNK bilan bog‘lanish
mexanizmi haligacha noaniq. Ayni vaqtda bu fermentlar past molyar
faollik bilan farqlanadilar (bir daqiqada katalitik
aktlar bir necha yuzdan
ortmaydi).
Bu reaksiya 2-bosqichda boradi:
A) R-CH
2
-CH-COOH +ATF
→
R-CH
2
-CH-COO-AMF + PP
| |
NH
2
NH
2
Aminokislota aminoatsiladenilat
B) R-CH
2
-CH-COOAMF +tRNK
→
R-CH
2
-CH-COO-tRNK + AMF
|
|
NH
2
NH
2
aminoatsil tRNK
Barcha transport aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan oxirgi SSA
tripletini AMFdagi 3
1
– OH gidroksil guruhi bilan birikadi.
Izotop usul yordamida oqsil sintezini N – oxirdan boshlanib, C –
oxir bilan tamom bo‘lishi aniqlangan, ya’ni jarayon NH
2
! COOH
yo‘nalishda boradi.
2. Polipeptid zanjir initsiatsiyasi.
Ma’lum polipeptid haqida axborot
tutuvchi mRNK ribosomaning
kichik subbirligi bilan birikadi, keyin esa ma’lum tRNKga birikkan
initsiatsiyani boshlovchi aminokislota bilan bog‘lanadi. Natijada
initsiatsiya kompleksi hosil bo‘ladi. Initsiatsiya qiluvchi aminokislotani
olib keluvchi tRNK mRNK tarkibidagi polipeptid zanjirining
boshlanishi haqida xabar beruvchi maxsus
triplet yoki kodon bilan
komplementarlik prinsipi asosida bog‘lanadi. Bu jarayonning sodir
bo‘lishi uchun GTF va initsiatsiya qiluvchi 3 xil omil – IF-1, -2, -3
bo‘lishi kerak. Bu omillar toza holatda ajratilgan bo‘lib, 9000, 100000
va 22000 Da molekulyar og‘irlikka ega. Initsiatsiyaning birinchi
bosqichida IF-3 30S-ribosoma subbirligi bilan bog‘lanadi, bu esa 30 S
va 50 S subbirliklarining birikishiga yo‘l qo‘ymaydi (29-rasm).
mRNKdagi AUG va GUG tripletlar formilmetioninni kodlovchi
initsiatsiyalovchi kodonlar vazifasini bajaradi. MRNKdagi birlamchi
triplet bo‘lganda bu kodonlar formilmetioninni kodlaydi,
ichki triplet
bo‘lganda esa o‘z aminokislotalarini, ya’ni AUG – metioninni, GUG –
valinni kodlaydi. So‘ngra 30 S subbirlik mRNK bilan shunday birikadiki,
natijada mRNKdagi AUG kodoni 30 S-subbirlikning ma’lum qismi bilan
bog‘lanadi.
100
Ikkinchi bosqichda initsiatsiyalovchi kodon GTF bilan bog‘langan
IF-2 va N-formilmetionin-tRNK
f met
bilan birikadi. N–formilmetionin-
tRNK birinchi aminoatsil-tRNK bo‘lib,
N-oxir aminokislota
bog‘lanishini belgilaydi. IF-1ning vazifasi ma’lum emas.
Uchinchi bosqichda hosil bo‘lgan 50 S ribosoma 30 S subbirligi
bilan birikadi. Bu vaqtda GTF GDF va fosfatgacha gidrolizlanadi, IF-
3, IF-2 initsiatsiya omillari ajralib chiqadi. Initsiatsiyalovchi kompleks
deb nom olgan funksional aktiv 70 S ribosoma hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: