105
xususan m-RNK, ishtirokisiz, balki ribosomalarsiz ham amalga oshishi
mumkin. 1976-yilda Gamburgda o‘tkazilgan X Xalqaro biokimyog‘arlar
kongressida F. Lipman (AQSH) va K.Kuraxasi (Yaponiya) 2 ta tabiiy
siklik peptid antibiotiklar – gramitsidin S va tirotsidinni Bacillus brevis
dan ajratilgan ekstrakt, hamda ekstraktdan ajratilgan oqsil fraksiyalarda
sintezlanishining isbotini taqdim etganlar. Xususan, Bacillus brevis
ekstraktidan ajratilgan va tozalangan 2 ta oqsil preparati 10 aminokislota
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan siklik polipeptid gramitsidin Sning hosil
bo‘lishini ta’minlaganlar. Tozalangan oqsil fraksiyalari (molyar og‘irligi
100000 va 180000) bu siklik dekapeptidni (D – fenilala-
nilprolilvalilornitilleytsin) hosil bo‘lishi uchun faqat aminokislotalar,
ATF va Mg
+2
ionlarini bo‘lishini talab etgan:
Yengil oqsil fraksiya (molyar og‘irligi 100000) birligi polipeptid
zanjirga D-fenilalanin – kiritilishi va ratsemirlanishini, og‘ir fraksiya
esa (molyar og‘irligi 180000) – qolgan 4ta a- aminokislotalar birikishini
boshqaradi, ikkala ferment, shuningdek, peptid bog‘larini hosil
bo‘lishida ishtirok etadi. Yonida joylashgan multiferment kompleksida
xuddi shunday pentapeptid sintezlanadi, keyin ikkala pentapeptid
«bosh» va «dum» turida birikib, zanjirni yopib, siklik dekapeptid hosil
qiladi. Birinchi ferment tarkibida kovalent bog‘langan fosfopantein
qoldig‘i topilgan. Shuning uchun uni o‘sayotgan peptid zanjiriga ferment
bir qismidan ikkinchi qismiga tiol guruhi ishtirok etadi deb taxmin
qilingan. Xuddi shunday sintez mexanizmi tirotsidin (dekapeptid) va
13ta aminokislota qoldig‘i saqlovchi peptid-mikobatsellin antibiotiki
uchun ham isbot qilingan.
Dostları ilə paylaş: