112
jorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya
va shu kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarga-
operatsion xarajatlar deyiladi. Banklar moliyaviy
natijalar tahlilida bu xara-
jatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan o‘zgarganligi, tejamkorlikga rioya
qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili,
ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi
lozim ekan.
Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni
asosan,
banklar buxgalterlik balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi
hisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zaru-
rat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olish mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari quyidagilar
hisoblanadi:
• faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar)
aniqlash;
• foydaning belgilangan rejaga mosligi va o‘tgan davrlardan farqini o‘r-
ganish;
• foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar miqdori va tarkibidagi o‘zga-
rishlarni o‘rganish hamda ularning sabablarini aniqlash;
• faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o‘rganish;
• rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularga ta’sir
etuvchi omillarni o‘rganish;
• xarajatlarni va daromadlarni optimallashtirish orqali foydasni ko‘pay-
tirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar. Ushbu vazifalar tahlili
kelgusida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: