83
2012-yildan esa, oliy ta’lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta’minlash
maqsadida Fanlar akademiyasning 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4
ta min-
taqaviy ilmiy markazlar ilmiy bo‘linma tarzida qayta tashkil etilib, yo‘nalishi
va ixtisosliklariga ko‘ra ular tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazildi.
Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish va akademik fan va
ta’lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va
1 ta bo‘linma oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari
sifatida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi «Oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2013-
yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya himoya qilish va fan doktori
ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning
bir bosqichli tizimi joriy qilindi. Lekin bu tizim mavjud xalqaro ilm-
fan standartlariga to‘la
mos kelmaganligi, respublikadagi mavjud ilmiy
salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil fevraldan Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlariga mos keluvchi, falsafa
doktori va fan doktori darajalarini beruvchi ikki bosqichli tizimga o‘tildi.
Ilm-fandagi tub islohotlar
. 2016–
2017-yillar O‘zbekiston
ilm-fanida tom
ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-de-
kabr kuni ilk bor mamlakatimizning
yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan
uchrashdi. Uchrashuv natijalariga
ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor
yanada kuchayishi belgilandi.
Prezi-
dentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-
tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9
ta ilmiy-
tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy
tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari
Ilm-fan xodimlari bilan uchrashuv.
84
bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng
yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivoj-
lanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazir-
likning davlat va jamiyat qurilishiga,
iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq
xo‘jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda ilg‘or
texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish,
muvofiqlashtirish va
rag‘batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda
o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki
martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning
atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy
farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32
nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400
ta muassasa
ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2
mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: