O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan davr ichida 
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida 12 marotaba 
oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sh.Mirziyoyev va Mun Chje In.
O‘zbek-koreys o‘zaro manfaatli ham-
korlik munosabatlari ravnaqiga O‘zbe-
kiston rahbarining Koreya Respubli-
kasiga 2012-yil sentabrdagi tashrifi yangi 
turtki berdi. Uchrashuv yakunlariga 
ko‘ra, Qo‘shma bayonot qabul qilinib, 
unda tomonlarning ko‘p tarafl ama ham-
korligi holatiga baho berildi va har 
tarafl ama munosabatlarning istiqboldagi 
ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 2014-yil iyunda Koreya Respublikasining 
Prezidenti Park Geunhening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki
davlat o‘rtasida Strategik sherikchilikni yanada rivojlantirish va chuqur-
lashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya va moliya, investitsiya, muqobil 
energetika va madaniyat sohalarida o‘zbek-koreys hamkorligini yanada 
chuqurlashtirish maqsadida qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekistonda Koreya 
investitsiyasi ishtiroki bilan 400 dan ortiq korxona faoliyat olib bormoqda.
1992-yildan beri Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat olib 
bormoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Samarqand 


128
davlat jahon tillari institutida Koreys tili va madaniyati markazlari ish olib 
bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respub-
likasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifi ga binoan, 2017-yilning noyabrida 
Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga 
tarixiy burilish yasovchi davlat tashrifi bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralarda 
o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo 
aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro 
muammolar yuzasidan bitimlar imzolandi. 
O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mam-
lakatlar bilan yaqin munosabatlar va hamkorlik o‘rnatish hamda rivoj-
lantirishga ham katta e’tibor berilayotir. Bunday davlatlar toifasiga to‘la 
ma’noda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarini kiritish mumkin. Janubi-
sharqiy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o‘ziga xos 
o‘rni shu bilan belgilanadiki, bu mintaqa o‘nta rivojlanayotgan mamlakatni 
o‘z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish 
sur’atlari bo‘yicha Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tailand kabi 
mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan 
so‘ng to‘plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi 
yangi mustaqil mamlakatlar uchun asqotishi mumkin.
O‘tgan davr mobaynida davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib 
o‘tgan rasmiy uchrashuvlar natijasi o‘laroq, o‘zaro anglashuv, do‘stlik va 
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma va bitimlarga erishilib, ular davlatlararo 
munosabatlarga mustahkam poydevor yaratdi. Bularning bari O‘zbekiston 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin