132
foydalanish,
Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onis-
tonda tinchlikka erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi.
O‘zbekiston va YUNESKO.
O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim,
fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot –
YUNESKO
bilan aloqalari tobora mustahkamlanib
bormoqda.
1993-yil
29-oktabrda
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida
O‘zbekistonni
YUNESKOga
a’zo-
likka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha
kuni Ulug‘bek tavalludining 600
yilligini
nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi.
1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek
haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro
YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda
411 ta ob’yekt bor. YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy
Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori
Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida, 1995-yil
iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO
buyuk bobokalonimiz Amir
Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror
qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik
xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri
YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon
madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro
va Xiva shaharlarining
2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman
va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda
bu hamkorlik doirasi yanada
kengayib bordi. Jumladan, YUNESKO xalqimizning Shashmaqom,
Katta
Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va
targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.
YUNESKO bayrog‘i.
Yodda tuting
!
2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xalqaro ham-
korligi doirasida 21
ta oliy darajadagi tashrif, 60 ta davlat va xalqaro
tashkilotlar bilan uchrashuv, 400 dan ortiq kelishuv va 60 mlrd. AQSh
dollari hajmidagi kelishuvlarga erishildi.
133
Afg‘oniston
Prezidenti
Muhammad Ashraf G‘ani
Toshkentda.
Yodda tuting
!
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil
13-oktabrda o‘rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik 2016-yilga kelib,
izchil rivojlana boshladi. 2017-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili tayinlangani mam-
lakatimizning ikki tomonlama munosabatlarda alohida ahamiyatga ega
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: