O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting!
Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasidagi ilk ma’ruzasi 1993-
yil sentyabrda, 48-sessiyada bo‘lgan bo‘lsa, Shavkat Mirziyoyevning ilk 
ma’ruzasi 2017-yil sentyabrda, 72-sessiyada bo‘ldi.


132
foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi, qo‘shni mamlakatlar bilan
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari, Afg‘onis-
tonda tinchlikka erishishning ma’rifi y yo‘llari masalalariga alohida to‘xtaldi. 
O‘zbekiston va YUNESKO.
O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim,
fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO
bilan aloqalari tobora mustahkamlanib 
bormoqda. 
1993-yil 
29-oktabrda 
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida 
O‘zbekistonni 
YUNESKOga 
a’zo-
likka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha 
kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini 
nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 
1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek 
haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro 
YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 
411 ta ob’yekt bor. YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy 
Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori 
Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida, 1995-yil 
iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO buyuk bobokalonimiz Amir 
Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror 
qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik 
xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri 
YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon 
madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 
2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman 
va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu hamkorlik doirasi yanada 
kengayib bordi. Jumladan, YUNESKO xalqimizning Shashmaqom, Katta 
Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va 
targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.
YUNESKO bayrog‘i.
Yodda tuting
!
2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xalqaro ham-
korligi doirasida 21 ta oliy darajadagi tashrif, 60 ta davlat va xalqaro 
tashkilotlar bilan uchrashuv, 400 dan ortiq kelishuv va 60 mlrd. AQSh 
dollari hajmidagi kelishuvlarga erishildi.


133
Afg‘oniston Prezidenti 
Muhammad Ashraf G‘ani 
Toshkentda.
Yodda tuting
!
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 
13-oktabrda o‘rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik 2016-yilga kelib, 
izchil rivojlana boshladi. 2017-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili tayinlangani mam-
lakatimizning ikki tomonlama munosabatlarda alohida ahamiyatga ega 
bo‘ldi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin