O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Atamalar izohi
:
Transchegaraviy
– chegaralararo, bir necha davlat hududidan 
o‘tuvchi. Daryolar va yo‘larga nisbatan qo‘llaniladi.
Shafe – 
(tarafini oluvchi, homiy; vositachi) birovga yon bosuvchi, 
homiylik qiluvchi; homiy.
?
Savol va topshiriqlar
:
1. O‘zbekiston Prezidentlarining BMT Bosh Assambleyasidagi tashab-
buslarini quyidagi jadvalda taqqoslang.
I.Karimov
Sh.Mirziyoyev
O‘xshash tashabbus
O‘ziga xoslik
2. Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha qanday tadbirlar amalga oshi-
rildi?
3. O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lishining ahamiyatlari haqida gapiring.
4. Markaziy Osiyo xaritasidan transchegaraviy daryolarni toping va sharh-
lang.
5. Oldingi darslarda olgan bilimlaringizga tayanib, YUNESKO homiyligida 
yubileyi nishonlangan shaharlarni sanab bering.
22-mavzu.
 O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida 
ko‘ptomonlama hamkorligi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
. O‘zbekiston tashqi siyosatining 
diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar 
bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Chunki 
sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-
buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tarkibiga kirgan 
mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog‘lab qo‘ygan ediki, 
natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun 


137
sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan 
yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his 
qilar va mavjud qiyinchiliklar hamda 
iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid 
siyosat asoratidan qutulishning birdan-bir 
yo‘li bir yoqadan bosh chiqarib, harakat 
qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan 
ham O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya 
va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos 
soldilar. 1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, 
Mustaqil davlatlar Hamdo‘stlik 
bayrog‘i. Bayroqning markazida 
tashkilotning emblemasi 
joylashgan.
Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘i-ziston, Moldova, Rossiya, 
Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari 
Almatida uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kirdilar. 
Shu tariqa XX asrning muhim voqealaridan biri sodir bo‘ldi – MDH 
ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir 
necha yig‘ilishlari o‘tkazildi, ko‘p hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari 
uzoq yillar bir davlat bo‘lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy, 


138
harbiy va boshqa aloqalarni yangi sharoitlarda – mustaqil davlatlararo 
munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi.
1993-yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi 
Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi. 1993-yil dekabrda Ashxabod 
shahrida MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo‘lib, unda Gruziya 
MDHga a’zo etib qabul qilindi. Shu munosabat bilan MDHning tarkibi 
12 davlatga yetdi. 1994-yil oktabrda Moskvada o‘tkazilgan MDH davlat 
boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo‘mita (DIQ) tuzildi. 
DIQning shtab-kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. 1996-yilda 
MDHning bayrog‘i qabul qilindi. MDHning raisi lovozimi navbat bilan 
bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi. MDHning asosiy 
maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo‘stlik davlatlari o‘zaro 
munosabatlarida davlat suverenitetini o‘zaro tan olish va hurmat qilish, teng 
huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, iqtisodiy kuch 
yoki boshqa tazyiq uslublarini qo‘llashdan voz kechish kabi qoidalarga 
rioya qilish majburiyatlarini olganlar. 2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston 
poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi 
kurash bo‘yicha MDHning «Xavfsizlik Kengashi»ni tuzishga qaror qilindi. 
2005-yil avgustda Turkmaniston MDHning rasmiy a’zosi darajasidan 
chiqib, hamdo‘stlikning tashkiliy a’zosi – kuzatuvchi maqomini oladi. 2008- 
yilning avgust oyida Gruziya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidan chiqish 
haqidagi istagini bildirdi va 2009-yilning avgust oyidan Gruziyaning MDHga 
a’zolik ma’qomini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Bugungi 
kunda MDHning tarkibiga 10 ta a’zo davlat: Rossiya, Ukraina, Belorusiya, 
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, 
Moldaviya va bitta kuzatuvchi Turkmaniston kiradi. 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin