O`zb tarix 11 узб indd


Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasi



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasi
. 1997-yili 
Prezident Islom Karimov Afg‘oniston bilan qo‘shni olti mamlakat – Eron, 
Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston shuningdek, AQSH
va Rossiya davlatlari ishtirokida BMT shafeligi ostida afg‘on 
muammosini muzokaralar yo‘li bilan yechishga qaratilgan «6+2» 
muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusni
amalga oshirish maqsadida qator siyosiy-dip-
lomatik chora-tadbirlar ko‘rildi. Toshkent,
Nyu-York va Afg‘onistonda mazkur mamla-
katda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar-
ning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar 
olib borildi va 1999-yilga kelib, O‘zbekistonda 
BMT shafeligida «6+2» muloqot guruhining
Afg‘oniston muammosi yechimiga bag‘ish-
langan xalqaro anjumanini o‘tkazishga erishil-
di. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu 
tadbirda birinchi bor Afg‘onistonda o‘zaro 
nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini umumiy 
muzokaralar davrasida jamlashga muvaffaq 
bo‘lindi. Bu o‘zbek diplomatiyasining muhim 
yutuqlaridan biri edi.
Eng muhimi, O‘zbekiston o‘zining taklif va g‘oyalarini amaliy ishlar 
bilan mustahkamlab bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg‘onistonda yo‘llar, 
temir yo‘llar, ko‘priklar qurilishida faol ishtirok etdi. Afg‘oniston tarixida 
eng birinchi zamonaviy temir yo‘l aynan O‘zbekiston tomonidan «Termiz –
Hayraton – Mozori Sharif» yo‘nalishida qurib bitkazildi va 2010-yili ishga 
tushirildi. Qo‘shni mamlakat poytaxti – Qobul shahrini uzluksiz elektr 


134
energiyasi bilan ta’minlay boshlagan mamlakatlardan biri ham aynan 
O‘zbekiston bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga 
binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf 
G‘ani 2017-yil 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga 
keldi. Mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada 
mustahkamlashga qaratilgan 16 hujjat imzolandi.
Buni o‘qing
!
“Afg‘oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida 
bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, 
Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga 
qaratilmog‘i kerak. Aminmizki, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning 
yagona yo‘li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy 
kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot olib borishdir. Muzokaralar afg‘onistonliklarning 
o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT 
shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal 
qilishga haqlidir”.
Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqidan
.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin