129
Respublikasi va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik muvaffaqiyat
bilan ravnaq topishiga xizmat qildi.
Savol va topshiriqlar
:
1. O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik aloqalarining yo‘nalishlari nima-
lardan iborat?
2. Osiyoning yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlariga qaysi davlatlar
kiradi? Ular bilan aloqalarning muhimligi nimada?
3. O‘zbekistonning davlatlar bilan aloqasiga oid jadvalni to‘ldiring.
Davlatlar
Yaponiya
Hindiston
Koreya
Tashrif yillari
Natijalar
4. 2017-yilda Koreya va O‘zbekiston munosabatlarida qanday jarayonlar
kuzatildi?
5. Koreya Respublikasida Sh.Mirziyoyev haqida yozilgan asar haqida yana
nimalarni bilasiz?
IX BOB.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KO‘P TOMONLAMA
HAMKORLIK ALOQALARINING RIVOJLANISHI
21-mavzu.
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi
faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati
O‘zbekiston va BMT
. O‘zbekiston Res-
publikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul
qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiya-
tining teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat rahbari I.Karimov
tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan
takliflar butun dunyoda tinchlik va barqa-
rorlikni mustahkamlash,
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli
tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon
Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bayrog‘i.
?
130
hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati
tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 1993-yil 28-sentabrda
BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident Islom Karimov ilk
bor ma’ruza qildi. Unda Markaziy Osiyoni yadroqurolidan holi zona deb
e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish
kabi bir qator muhim takliflar ilgari surildi. 1993-yil oktabrda Toshkentda
BMTning vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekistonning
tashabbusi bilan
va BMT rahnamoligida 1995-yil sentabrda
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va ham-
korlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent
kengash-seminari tashkil etildi. 1995-yil
24-oktabrda Nyu-Yorkda BMT ning 50 yil-
ligi munosabati bilan Prezident I.A.Kari-
mov nutq so‘zlab, Afg‘onistondagi keskin-
likni hal etish kaliti eng avvalo tashqi
kuchlarning aralashuvini bartaraf etishdir,
degan taklifni kiritdi. 2000-yil BMT Bosh
Assambleyasining
55-sessiyasi
«Ming
yillik sammit»ida
Islom Karimov BMT
minbaridan BMTning mintaqaviy va global muammolarni hal etishdagi
o‘rni va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi
zarurligini ta’kidlab, Xavfsizlik Kengashining
doimiy a’zolari tarkibiga Germaniya va
Yaponiyani kiritishni, global va mintaqaviy
tahdidlarga munosabat bildirishda tezkorlikni
oshirish uchun
Bosh Kotib vakolatlarini
kengaytirish lozimligini qayd etdi. O‘zbekiston
Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT
Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi
kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis
etildi. 2010-yil BMT
Bosh Assambleyasining
65-sessiyasidagi Prezident Islom Karimov o‘z
nutqida jahon mamlakatlari e’tiborini yana
Markaziy Osiyodagi murakkab muammolarni
Prezident I.Karimovning BMT
48-sessiyadagi nutqi.
Antoniu Guterrish
Samarqandda.
131
hal etish yo‘llariga qaratdi. 2002-yil oktabr kunlari BMT Bosh kotibi
Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning
O‘zbekistonga tashrifl ari ham mamlakatimizning
xalqaro hamjamiyatdagi
o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir. 2017-yil
iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Guterrish
Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, keyin Orolbo’yi hududidagi vaziyat
bilan tanishdi.
O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisos-
lashtirilgan muassasalari,
jumladan Jahon
banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon
savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa
bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (EIK), BMT
savdo va rivojlanish bo‘yicha konferen-
siyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Shu-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasi BMT
doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Ja-
hon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro
mehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘ar-
masi (YUNISEF), Xalqaro Olimpiya qo‘-
mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a’zosi
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh
Assambleyaning «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona
Sh.Mirziyoyev BMT minbaridan
Orol
dengizi xaritasini
namoyish qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: