XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 125 -
2.3.9. Soliq tizimi
Kanadani Qo'shma
Shtatlar bilan taqqoslaganda, shaxsiy daromad solig'i
stavkalari yuqoriroq bo'lib, yuqori ish haqi bilan birgalikda ko'plab mutaxassislarni
Qo'shma Shtatlarda ishlashga yo'naltiradi. Umumiy holda,
soliq tushumlari yalpi
ichki mahsulotning beshdan bir qismini tashkil qiladi. Shaxsiy daromad solig'i
odatda, federal hukumatning jami daromadining beshdan ikki qismi va korporativ
daromad solig'i jami miqdorining o'ndan bir qismini tashkil qiladi. Boshqa muhim
federal soliqlarga turli xil iste'mol solig'i (masalan, savdo, yoqilg'i, alkogol, bojxona,
tamaki), sog'liqni saqlash va ijtimoiy sug'urta solig'i kiradi.
Viloyatlar va hududlar
federal hukumatdan sog'liqni saqlash va ta'limni o'z ichiga olgan turli xizmatlarni
jamlash uchun soliqlar undiriladi. Kanadada tashkilotlar solig'i stavkasi 26,50
foizni
tashkil etadi.
Kanadadagi tashkilotlar solig'i stavkasi 1981 yildan 2018 yilgacha bo'lgan
davrda o'rtacha 38,15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1981 yilda 50,90
foizni tashkil
etgan. 2012 yilda bu ko'rsatkich 26,10 foizni tashkil etgan. Kanadadagi shaxsiy
daromad solig'i stavkasi 33 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich 2003 yildan 2018
yilgacha bo'lgan davrda o'rtacha 29.75 foizni tashkil etib, 2016 yilga kelib 33 foizni
tashkil etdi. 2004 yilda esa 29 foizni tashkil etgan. Kanadaning sotishdan keladigan
soliq darajasi 5 foizni tashkil etadi. Kanadadagi bu soliq darajasi 2006 yildan 2018
yilga kelib o'rtacha 5,23 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006 yilda 7 foizdan yuqori
bo'lgan edi. 2008 yilda rekord darajada past bo'lgan 5 foizni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: