XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 128 - Kanada rivojlanishi uchun Arktika orqali yuk tashishga juda katt ae‘tibor qaratadi.
Chunki, u mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo‘lib Kanada transport
salohiyatini muzliklar ustida sinovdan o‘tkazadi. Arktikadan okeanga tomon
yuklarni tashish bilan bir qatorda, Mackenzie daryosi bo'ylab transport vositalarini
erkin harakatlana oladi. Xalqaro standartlar bo'yicha Kanada savdosi parki juda
kichik hisoblanadi. Kanadalik ro'yxatdan o'tgan savdo kemalarining aksariyati ichki
yo'nalishlarda faoliyat olib boradi va dengiz kemalarining kam qismi xalqaro chuqur
suvliklarda faoliyat yuritadi. Kanada Sohil Xavfsizlik Xizmati Arktik suv yo'llari,
shu jumladan, barcha kemalar Kanadaning tashish to'g'risidagi qonunga muvofiq va
atrof muhitni oldini olish tartib-qoidalariga rioya qilishlarini kafolatlaydi.
Kanada transportining YaIMdagi darajasi, 2017 yil dekabr oyida, 79,163 mlrd
CADnitashkil etdi. Kanadaning Yalpi Transportidan tushumi 1997 yildan 2017
yilgacha bo'lgan davrda 60,991,65 mlrd. CADni tashkil etadi. 2017-yil dekabr oyida
esa bu ko‘rsatkich 79,336 mlrd. CADni tashkil etgan bo‘lsa, 1997 yilning yanvar
oyiida esa bu ko‘rsatkich 45,420 mlrd. CADni tashkil qilgan.
Havo yo'llari Mamlakatning juda katta hudud ekanligi, masofalarning juda olisligi,
bepoyon yerlar va iqlimning ekstremal o'zgarishlari Kanadada fuqaro aviatsiyasi
rivojlanishini shakllantirdi. ―Air Canada‖ Kanada asosan ichki yuk va yo'lovchi
tashish xizmatining eng asosini tashkil qiladigan kompaniya hisoblanadi.
Mintaqaviy bir necha mahalliy havo tashuvchi aviakompaniyalar esa Air Canada
bilan bog'lanib, boshqa rejalashtirilgan tijoriy xizmatlar bilan shug'ullanadi.
Kichikroq tashuvchilar cheklangan rejali xizmatlarni amalga oshirib, Kanadaning
boshqa havo qismlari terminallari orqali parvozlarni amalga oshiradilar. Air Canada
kabi xalqaro va ichki yo'nalishlarda faoliyat yuritadigan qator nostandart
operatsiyalar ham mavjud. 1995 yilda AQSh bilan Kanada o'rtasida ochiq osmon
bitimi
imzolangan.
Endilikda
Kanadalik
amerikacha
aviakompaniyalarning
transchegaraviy imkoniyatlari judayam kengaydi. Torontoning Lester B. Pearson
xalqaro aeroporti mamlakatdagi eng ko'p ish yurituvchi terminal bo'lib, har yili
Kanada yo'lovchi tashishining uchdan bir qismini va havo yuklarining beshdan ikki