1-Mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish
REJA:
1.1. Pul va
banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
1.2. Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi.
1.3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni.
1.1. Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
ozor munosabatlarining yuqori sur‘atlarda rivojlanib borishi har bir
sub‘ektning pul, banklar, kredit va moliyaviy bozorlarning dastagi bo‘lgan
moliyaviy instrumentlar hamda ularda yuzaga keladigan o‘zgarishlarga munosabati
va qiziqishlarini kuchaytirib boradi. Chunki, bozor mexanizmi iqtisodiyot
talablaridan kelib chiqib tez o‘zgarib, yangilanib turadi va shular asosida u
mamlakat iqtisodiyotining har tomonlama rivojlanib borishi yo‘nalishlarini
belgilab beruvchi doimiy harakatda bo‘lgan dastak hisoblanadi. Bizni doimo
pulning to‘lov yoki sotib olish qobiliyati yildan yilga oshadimi yoki pasayadimi?
Ehtiyojimizdan ortiq pulimizni bankga omonotga qo‘ysak
u bizga har oyda yoki
yilda necha foiz daromad beradi, mabodo ularni qimmatli qog‘ozlarga qo‘ysak –
qaysi turdagi va qaysi emitentning qimmatli qog‘ozlari bizga yuqori daromad
berishi mumkin?
Bank kreditlarining foizi qancha, inflyatsiya yoki pulning qadrsizlanish
darajasi qanaqa, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursi qanaqa va
uning tez orada o‘zgarishi bo‘yicha qanday prognozlar
mavjud kabi savollar
qiziqtiradi hamda biz o‘z – o‘zidan bozor munosabatlarining faol ishtirokchilariga
aylanamiz. Bu masalalar bozor munosabatlarining sub‘ekti bo‘lgan yuridik
shaxslar
faoliyatida
har
kuni
echimini
talab
qiladigan
vazifalardan
hisoblanadi.Jahon iqtisodiy fanida o‘z asarlari bilan mashg‘ur bo‘lgan iqtisodchi –
olim Frederik S. Mishkin ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy
nazariyasi‖ kitobida shunday misol keltiradi
1
.
Faraz qiling siz hozirgi yangiliklarda Federal zaxira tizimi (AQSh markaziy
banki) qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizlarni 0,5 punktga oshirganidan
xabardor bo‘ldingiz. Bunday xolat siz olgan avtokredit bo‘yicha to‘layotgan
summangizga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? Ko‘chmas mulkning narxi ortadimi?
Keyingi yilda yangi ish topish imkoniyati ortadimi yoki kamayadimi? degan
savollarni qo‘yadi va aynan ―Pul va banklar‖ fani
shu kabi savollarga javob
topishga imkon berishini ta‘kidlaydi, chunki bu fan moliyaviy bozorning roli va
funktsiyalarini o‘rganishga, moliyaviy muassasalar (banklar, sug‘urta tashkilotlari
o‘zaro fondlar va boshqa muassasalar), hamda pullarning iqtisodiyotdagi rolini
o‘rganishga imkon beradi. Moliyaviy bozorlar va institutlar nafaqat aholining
kundalik hayotiga ta‘sir ko‘rsatadi balki bizning iqtisodiyotimizga trillionlab dollar
1
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 2013.
pp. 44-56
B
qiymatga ega fondlarni jalb qiladi. Bu holat o‘z navbatida korxonalarning
daromadi, mamlakatda tovarlar va xizmatlarning
ishlab chiqarilishiga, hattoki
AQShdan tashqari boshqa davlatlarning farovonligiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz bildirib, ―Pul bu –
savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin
va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida
e‘tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov
pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib
borayotgan ushbu
jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini
engillashtiradi‖ deya ta‘kidlaydi
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati tsivilizatsiyasining buyuk
kashfiyotlaridan hisoblanadi. ‖Pul‖ deb nomlangan maxsus tovarning paydo
bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va
«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi,
uning evolyutsion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati
va funktsiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar,
mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan.
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda
pulning
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv
mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y
bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish
lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan
biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga
kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar
asos bo‘lib xizmat qiladi:
* qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste‘mol mahsulotlari
turib qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‘lmaganligi bois ularni o‘zlariga
yaqin yoki tanish odamlarga bergan, bu o‘z – o‘zidan odamlar o‘rtasida stixiyali
ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari
vujudga kelishiga sabab
bo‘lgan;
* keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi
rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga
kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.