― pul va banklar


Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlik



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266
pul va banklar (2)

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlik 
Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘z faoliyatini Jahon bankining mamlakatdagi 
strategiyasiga muvofiq tarzda amalga oshirib kelmoqda va e‘tiborini asosan 
xususiy sektordagi loyihalarga qaratmoqda. 
XMK 1996 yildan boshlab O‘zbekistonga xususiy ishlab chiqarish va moliya 
sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 23 investitsion va bir qator konsultativ 
loyihalarga jami qiymati 130 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan kreditlar ajratdi. 
Ushbu loyihalar bo‘yicha qarzni qaytarilishi 80,7 mln. dollarga teng. 
Hozirgi paytda investitsion portfeli 38,5 mln. dollarga teng loyihalar amalga 
oshirilish bosqichida turibdi. 
XMKning investitsion faoliyati «O‘zbek lizing» lizing kompaniyasi va 
«Hamkorbank» tijorat bankining aktsiyalariga mablag‘lar sarflash, «Asaka bank» 
va «Hamkorbank» tijorat banklari orqali kichik biznesni moliyalashtirishga 
kreditlar ajratishdan tarkib topgan. 
Mamlakatga ko‘maklashish strategiyasi (MKS) qabul qilingandan buyon 
XMK investitsiyalarining qariyb 70 foizi savdoni moliyalashtirish sektorida 
amalga oshirildi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratgan kreditlari eng 
muhimdir. 
Investitsion loyihalardan tashqari, XMK 2009 yildan buyon mamlakat 
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida bir qancha konsultativ loyihalarni amalga 
oshirib, investitsiyalardan oqilona foydalanish bo‘yicha texnik ko‘mak berib 
kelmoqda. 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan strategiyaga muvofiq moliya va soliq 
infratuzilmasini, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik, sayyohlik va davlat boshqaruvi sohalarini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan konsultativ loyihalar amalga oshirildi. 
XMK 2009 yilda Shveytsariya hukumati bilan birgalikda Markaziy Osiyo 
(Qirg‘izston, Tojikiston va O‘zbekiston) va Ozarbayjonda moliyaviy 
inftratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan loyihani (ACAFI) amalga oshira 
boshladi. Loyiha davomida kredit axboroti almashinuvining samarali tizimini 
yaratish, professional ta‘limni joriy qilish va tavakkalchilikni boshqarish sohasida 
moliya institutlari xodimlarini sertifikatlash ko‘zda tutilgan. 
Loyihada asosan kredit axboroti almashinuvi tizimining me‘yoriy-huquqiy 
bazasini takomillashtirish ko‘zda tutilgan edi, natijada kredit axborotlari 
almashinuvi bo‘yicha jahon tajribalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining 
«Kredit axboroti almashinuvi» to‘g‘risidagi Qonuni va boshqa me‘yoriy-huquqiy 
xujjatlari qabul qilindi. 


155 
Qonun qabul qilinishi bilan 2012 yil mart oyida O‘zbekiston Banklar 
Assotsiatsiyasi 30 tijorat banki bilan birgalikda ustav kapitali 673 ming dollarga 
teng bo‘lgan Kredit byurosini ta‘sis etdi. 
ACAFI loyihasi 2012 yildan buyon ta‘minotli bitimlar operatsiyalarini isloh 
qilish vazifalari doirasida O‘zbekiston Respublikasining «Garov reestri 
to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqish va moliya institutlarining ta‘minotli bitimlar 
operatsiyalari instrumentlaridan foydalanish salohiyatini kuchaytirishda yordam 
berdi. Bu ish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Jahon bankining guruhiga 
O‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash va mamlakatning Biznesni 
yuritish (Doing Business) hisobotidagi reytingini oshirish talabiga binoan olib 
borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Garov reestri to‘g‘risida»gi Qonuni 
2014 yil 1 iyuldan kuchga kiritildi. 
Loyiha ta‘lim sohasidagi mahalliy hamkorlar yordami va Tavakkalchiliklarni 
boshqarish xalqaro professionallar assotsiatsiyasi (GARP) bilan tuzilgan bitimga 
asosan 
Tavakkalchiliklarni 
boshqarish 
dasturini 
o‘z 
ichiga 
olgan. 
Tavakkalchiliklarni 
sertifikatsiyalash 
dasturi 
bank 
tizimi 
xodimlarining 
tavakkalchiliklarni 
boshqarish 
borasidagi 
bilim 
va 
ko‘nikmalarini 
takomillashtirishga yo‘naltirilgan. 
XMK fermerlar uchun xususiy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish agro-
moliyalashtirish loyihasi doirasida korporativ boshqaruvni yaxshilash va 
rivojlantirish bo‘yicha «Hamkorbank»ka konsalting xizmatlari ko‘rsatdi. E‘tiborli 
jihati shundaki, bankning agro-kreditlash portfeli 2013 yil sentyabr oyidan 2014 
yilning dekabr oyiga qadar 400 ming dollardan 15 mln. dollarga o‘sdi. 
2009 yili XMK sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy hamkorligi 
loyihasi doirasida konsalting xizmat ko‘rsatishni ma‘qulladi. Xususan, XMK 
O‘zbekistonda tibbiy diagnostika markazlarini loyihalash, qurish, moliyalash, 
jihozlash va boshqarish uchun investorlarni jalb qilishga yordam berdi. 
Shuningdek, XMK 2012 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq 
Qo‘mitasi bilan auditning tavakkalchiliklarga asoslangan axborot-texnologik 
echimlarini amalga oshirish va rivojlantirish loyihasi bo‘yicha hamkorlik qilib 
kelmoqda. DSQ soliqlarni pasaytirish tavvakalchiligini yoki qallobliklarni aniqlash 
uchun auditning tavakkalchiliklarga asoslangan tizimidan foydalanib kelmoqda. 
Bu esa o‘z navbatida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari uchun soliq 
rasmiyatchiligini soddalashtirdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin