― pul va banklar


XMK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266
pul va banklar (2)

XMK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 

Davlat tomonidan kafolatni talab qilmagan holda, MFKning mablag‘larini 
xususiy korxonalarga investisiya qilish, qarzga berish yo‘li bilan tadbirkorlikni 
moliyalashtirish. 

O‘zining xususiy mablag‘idan sanoatni, qishloq xo‘jaligini, kommunal 
korxonalarni, turizmni investitsiyalashtiradi. 

Atrof-muhit himoyasi, infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
loyihalarga investitsiya kiritish uchun xususiy mablag‘larni jalb qilish

Kichik biznesda tadbirkorlikni rivojlantirish

Ishlab chiqarishni yangi usullarini o‘rganishda xususiy va arlash 
korxonalarga yordam ko‘rsatish. 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Jahon bankining bir qismi bo‘lib, dunyoning 
qashshoq mamlaktlariga yordam beradigan tashkilot. Uning maqsadi kreditlar 


146 
berish orqali kambag‘allik darajasini kamaytirish , iqtisodiy rivojlantirish uchun 
turli xil grant dasturlar ishlab chiqish, tengsizliklarni qisqartirish, va aholi yashash 
darajasini yaxshilash. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qashshoq malakatlarda 
biznesni qo‘llab quvatlash, kriditlar ajratish,maslahatlar berish funksiyalarini 
bajarish uchun tashkil qilingan.
XTTBdan qarz ololmaydigan qashshoq mamlakatlar uchun kreditlar ajratadi. 
Bu kam taminlangan mamlakatlar uchun imtiyozli kridit ajratishning yirik manbasi 
hisoblanadi.
XTU dan qarz olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar quydagi kreteriya asosida 
aniqlanadi 
-
YaMMni aholi jon boshiga taqsimlagada qashshoq deb ataladigan 
mamlakatlar 
-
Kredit bozorida kreditning yetishmasli va mamlakat rivojlanish dasturini 
amalga oshirish uchun kreditga muhtojlik mavjud mamlakatlar 
-
Qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishga erishish uchun ijtimoiy-
iqtisodiy sisosatni amalga oshirish 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Jahon bankining haqiqiy kreditlash qismi -
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankini to‘ldiruvchi tashkilotdir. Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bir xil hodimlarga, 
bosh boshqarmalarga ega bo‘lib, bir xil qatiy belgilangan standartlar asosida 
loyihalarni amalga oshiradi. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hozirgi kunda 
dunyoning 77 qashshoq mamlakatlarining asosiy ko‘mak manbasi hisoblanadi. Bu 
davlatlarning 39 tasi afrikada joylashgan bo‘lib yordam manbalari asosan 
mamlakatdagi ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirilgan.
Xalqaro taraqiyot assotsatsiyasi kreditlarni arzon narxlarda beradi. Buning 
ma‘nosi XTA kreditlarni 0 % da yoki judayam past foiz stavkalarida 25-yildan 40-
yilgacha muddatga hamda 5- yildan 10-yilgacha bo‘lgan imtiyozli davrlar bilan 
beradi Bundan tashqari turli qarz risklari uchun grantar ajratadi va eng og‘ir 
vaziyatlarda ham kreditlar ajratadi. Shuning uchun ham kredit uyushmalaridan 
farqli o‘laroq bu tashkilotning rezervlari muntazam ravijshda to‘ldirilib turilishi 
kerak.
Takidlanganidek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi dunyoning 77 mamlakati 
uchun asosiy ko‘mak manbai bo‘lib, 39 tasi Afrikada joylashgan. Xalqaro
taraqqiyot uyushmasi resurslar orqali bugungi kunga kelib 1.3mln aholi yashash 
sharoitlari yaxshilandi.
2015-yilda belgilangan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga asosan 
2030-yilga qadar kambag‘allikka barham bermoqchi. Trillion dollor investitsiya 
kritilish kerak bo‘lgan bu loyihani amalga oshirishda Xalqaro taraqqiyot 
uyushmasi muhim ro‘l o‘ynaydi. 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘z faoliyatini nizomda belgilangan quydagi 
shartlar asosida amalga oshiradi
XTU ushbu tashkilotga a‘zo bo‘lgan iqtisodiy jihatdan rivojlanishi past 
bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘lar bilan 
ta‘minlaydi.
Loyihalarni moliyalashtirish assotsatsiya tomonida muhim deb hisoblangan 
sohalarga , mamlakat yoki hududlarga yo‘naltiriladi. 


147 
Agar biron bir loyihani moliyalashtirishni o‘sh hududlarda joylashgan 
bankalar tomonidan amalga oshirish mumkin bo‘lsa assotsatsiya tomonidan
moliyalashtirilmaydi. 
Assotsatsiya qo‘mita tomonidan beriladigan tavsiyalarsiz moliyalashtirishni 
amalga oshira olmaydi. Assotsatsiya tomonidan tayinlanadigan qo‘mita a‘zolari 
qomita boshqaruv organlarini va hududlardagi qo‘mita rahbarlarini o‘z ichiga 
oladi.
Qo‘mita hududlarda loyihalarni amalga oshirishning boshqa manbalari 
mavjud bo‘lsa bu hududlardagi loyihalar uchun mablag‘lar ajratmaydi. 
Moliyalash jarayonini amalga oshirishda berilayotgan mablag‘lar uchun 
hech qanday shartlar qo‘yilmaydi. Lekin ularni belgilangan maqsadlarga 
ishlatilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasini asosiy vazifalari: 
1 Xalqaro taraqqiyot uyushmasi global muammolarni hal qilishda boshchilik 
qiladi.
2 Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bu o‘zgartiruvchi. XTU ko‘plab 
mamlakatlarga rivojlanishning eski usullarida yangi usullariga o‘tishga 
ko‘maklashadi. 
3 XTU bir mamlaklatda uni rivojlanishi stabil holatga kelishiga ishonch hosil 
qilish uchun uzoq muddat qoladi. 
4 Qashshoq odamlar e‘tibordan chetda qoldirilganda toza ichimlik suvini, 
elektr energiyasini va boshqalrni olib kelish orqali hayot darajasini yaxshilaydi 
5 XTU ayollar va qizlar huquqini himoya qiladi, qizlarni maktabga 
qatnashini ta‘minlash orqali jinsiy tenlikni ta‘minlashga ko‘maklashadi, ayollarga 
kichik biznessni amalga oshirish uchun ko‘maklashadi. 
Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) (Xalqaro investitsiyalarni 
himoyalash agentligi) – bu siyosiy risklarni sug‘urtalashni taklif qiladigan va va 
xalqaro kreditlardagi risklarni kafolatlaydigan xalqaro moliyaviy institutdir. Bu 
tashkilotning kafolatlari investorlarga rivojlanayotgan davlatlarga investitsiya 
kiritishda siyosiy va iqtisodga oid bo‘lmagan risklardan qutilishga va tashqi 
ta‘sirlardan qochishga yordam beradi. MIGA (XIHA) Jahon banki (World bank 
group)ning tarkibiy qismi hisoblanadi va shtab kvartirasi Washington 
shtati(AQSh)da tashkil etilgan.
Bu tashkilot 1988-yilda aynan rivojlanayotgan dvlatlarga investitsiyalar 
kiritish riskni va xavfni oldini olish hamda ular faoliyatini sug‘urtalash uchun 
tashkil etilgan.
Xalqaro 
investitsiyalarni 
himoyalash 
agentligining 
bosh 
maqsadi 
―rivojlanayotgan davlatlarda investitsiyalarni jalb qilish natijasida iqtisodiy 
rivojlanish qo‘llash, kambag‘allik darajasi payastirish va aholining turmush 
darajasini yaxshilashga erishishdir. Bu maqsadli proyekt orqali yangi ish o‘rinlarini 
yaratish, infrotuzilmani yaxshilash, yangicha qulay soliq turlarini yaratish va 
albatta malakatlardagi mavjud natural resurslardan unumli foydalanishga erishish 
niyat qilingan. Bu maqsadga erishish uchun alohida tizimlar va dasturlar ishlab 
chiqiladi.
Xalqaro investitsiyalarni himoyalash agentligi o‘z shtatining a‘zolari 
tomonidan boshqariladi, leking uning o‘zining yakka rahbari va kunlik 


148 
operatsiyalar bilan ishlaydigan ishchilar guruhi yo‘q. uning aksiyadorlari davlatlar 
a‘zolari hisoblanadi va ular masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega 
bo‘ladilar. Bu tashkilot uzoq muddatli qarz va investitsiyalarni sug‘urtalaydi va 
boshqa aktiv va shartnomalarni ham sug‘urta qiladi. Bu agentlini jahon bankining 
Independent Evaluation Group tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 
1985-yilda, jahon bankining bank kengashi tomonidan ko‘p tomonlama 
investitsiya kafolat agentligi (MIGA) konvensiyasini qabul qildilar. MIGA 1988-
yil 12-aprelda asos solindi va o‘z faoliyatini boshladi. Bu Yoshio Terasava 
boshchiligida amalga oshirilgan va bu tashkilot jahon bank guruhining beshinchi 
organizatsiyasi bo‘ldi. MIGA dastlab 1milliard dollar( 2012-yilda 1.94 millard 
dollarga teng)lik kapitalga ega bo‘lgan va uning 29ta a‘zosi bo‘lgan. Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot bankining barcha a‘zolari bu organizatsiya a‘zosi bo‘ldi.
MIGA rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiylar uchun notijorat risklarni 
sug‘urtalashga harakat qiladi va investorlarning ishonchini oshirishga karakat 
qiladi. Organizatsiyaning siyosiy vakolati xususiy va milliy riskli sug‘urta bozorini 
nafini oshirishdir. Har tomonlama kafolatlovchidek xizmat ko‘rsatishi orqali 
agentlik investor mamlakat bilan qabul qiluvchi mamlakat o‘rtasidagi qarama-
qarshilik ehtimolini qisqartiradi.
MIGA notijorat riskining beshta turini qoplash uchun sug‘urta taklif qiladi: 
kovertatsiyalanmaydigan valuta va transfer taqiqlari; milliylashtirish; urush, 
terrorizm va xalq tartibsizligi; shartnomaning bo‘limlari; moliyaviy 
obligatsiyalarning qoniqarsizligi. Agentlik capital, kredit, aksionerlarning qarzi va 
aksionerlarining qarzini kafolatlari singari investitsiyalarni qoplaydi. Agentlik 
shuningdek menejment sharnomalari, aktiv sekuritizatsiyasi, obligatsiyalar, lizing 
faoliyati, franchiza shartnomalari va litsenziya shartnomalarini singari 
investitsiyalarni sug‘urtalashi mumkin. Agentlik 15 yilgacha sug‘urtani qoplashi 
mumkin va muddatni loyixaning tabiiy va moliyaviy holatiga bog‘liq holatda yana 
besh yil berishi mumkin. Qachon sug‘urta orqali himoyalanadigan holat yuz bersa, 
agentlik investitsiya kiritilgan mamlakatga nisbatan investorning huquqlari 
o‘rganilib xarajatlarni birgalikda qoplaydilar. Ammo agentlikning konvensiyasida 
azo mamlakatlar chet el investitsiyalarini tuzatmasa ham bo‘ladi. Ko‘p tomonlama 
institute sifatida MIGA sug‘urta talablarini qondirishdan oldin u baxslarni 
yechishga harakat qiladi.
Agentlikning kichik investitsiya programmasi kichi va o‘rta biznesga chet el 
investitsiyalarini oshiri uning maqsadi hisoblanadi. Bu loyiha shartnoma 
bo‘limlarini qoplamasligidan tashqari qolgan barcha standart polash turlarini taklif 
qiladi. Loyiha orqali kichik va o‘rta bizneslar chegaralangan sug‘urta haqlari va 
arizasiz to‘lovlar ( katta investorlar bundan mustasno)ga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin