152
mamlakat iqtisodiyotining samaradorlik ko‘rsatkichlari va Jahon banki tomonidan
kreditlash, tahlil, texnik ko‘mak berishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Jahon bankining 2016-2020 yillardagi hamkorlik
strategiyasi umumiy qiymati 5,78 mlrd. AQSh dollarga teng bo‘lgan 31 ta
investitsion loyiha amalga oshirilishini ko‘za tutgan,
jumladan Jahon banki
tomonidan beriladigan kredit miqdori 3,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib,
shundan elektroenergetikani modernizatsiyalash va sanoat korxonalarining
energiya samaradorligini oshirishga (1668 mln. dollar),
transport infratuzilmasini
(457 mln. AQSh dollar) va sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini
modernizatsiyalashga (211 mln. AQSh dollar),
kommunal infratuzilmani
rivojlantirishga (507 mln. AQSh dollar), neft va gaz sanoatini rivojlantirishga (225
mln. AQSh dollar), ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga (95 mln.
AQSh dollar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga (20 mln.
AQSh dollar) va tijorat banklariga (320 mln. AQSh dollar) kredit liniyalarini
ajratish rejalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: