― pul va banklar


Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o‘rganamiz?



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
pul va banklar (2)

 Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o‘rganamiz?
Pul yoki pul massasi- tovar va xizmatlarga cheklovlarsiz ayirbosh qilinadigan, 
qarz majburiyatlarini qoplashda qo‘llaniladigan umumiy qabul qilingan to‘lov 
vositasi. Pul massasining hajmi ko‘pchilik iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq 
hamda har birimizning va umumiy iqtisodiyotning farovonligida aks etadi. Fanning 
ikkita yakunlovchi qismi iqtisodiyotda pullarning rolini o‘rganishga bag‘ishlangan.
 Pul va iqtisodiy sikllar 
1981-1982 yillarda AQShda jami tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi 
keskin kamaydi, ishsizlik hamji esa (mavjud bo‘lgan ishchi kuchiga ishsizlar 


sonining nisbati foizda) 10 % gacha o‘sdi. 1982 yilda iqtisodiyotda tez o‘sish 
boshlandi va 1989 yilga kelib ishsizlik hajmi 5%gacha kamaydi. 1990 yilda sakkiz 
yillik iqtisodiy o‘sish davri tugadi va ishsizlik soni yana 7% gacha o‘sdi. 1991 
yilda AQSh tarixida eng uzun bo‘lgan jonlanish davri bo‘lib, ishsizlik ko‘rsatkichi 
4% gacha pasaydi. 2001 yilning martida iqtisodiyotda faollikning pasayish davri 
boshlandi va ishsizlikning hajmi 6%gacha ko‘tarildi. Ishsizlik darajasi 4,4% gacha 
pasayish orqali iqtisodiyot 2001 yil noyabr oyidan boshlab tiklanishni boshladi. 
2007 yil dekabr oyidan boshlab iqtisodiyot retsessiya holatiga tushdi va 2009 yil 
iyun oyida iqtisodiyot sekinlik bilan tiklanishdan oldin ishsizlik darajasi 10%dan 
oshib ketdi.
Nima sababdan AQSh iqtisodiyoti shunday keskin o‘zgarishlarni boshdan 
kechirdi? Faktlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiyotda tovar va xizmatlar 
hajmining kamayishi yoki ortishi orqali pullar iqtisodiy tsikllarini shakllantirishda 
asosiy rolni o‘ynaydi. Iqtisodiy tsikllar har birimizning farovonligimizga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Masalan, ishlab chiqarish oshsa, ish topish oson bo‘ladi, aksincha, 
ishlab chiqarish pasaysa, ish topish qiyinlashishi mumkin. 3-rasmdagi grafik 1950 
yildan 2011 yillar oralig‘ida pul massasining o‘sishi dinamikasi ko‘rsatilgan. 
Shtrixlangan ma‘lumotlar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmini tushishiga 
to‘g‘ri kelib, retsessiya holatini ko‘rsatadi. Ko‘rishimiz mumkinki, pul massasining 
o‘sishi iqtisodiy tsikllarni xarakatga keltiruvchi kuch ekanligi retsessiya sodir 
bo‘lishidan oldin pul massasi kamayganligida ko‘ringandir. Lekin xar bir pul 
massasining pasayish davri iqtisodiy tushish davri bilan mos kelmagan. Ushbu 
fanda pul va monetar siyosat qanday qilib iqtisodiyotga ta‘sir qilishi mumkinligini 
tadqiq qilamiz, shuningdek, pul miqdori va monetar siyosatdagi o‘zgarishlar yalpi 
iqtisodiy faoliyat va inflyatsiyaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi monetar nazariyani

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin