1.3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni. oliyaviy bozorlar, moliya institutlari va pulga doir munosabatlarda
chigalliklarning yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf hisoblanib,
uning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishiga, siyosiy va saylovlar jarayonlariga katta
ta‘sir ko‘rsatadi. Pul, banklar va moliyaviy bozorlarni o‘rganish ko‘plab mavjud
muammolarni
tushunishga
yordam
beradi.
Avvolo
bu
fanda
bozor
munosabatlarining muhim instrumenti sifatida pulning mohiyati, uning paydo
bo‘lishi, pulning zarurligi, pul bajaradigan funktsiyalar, bozor munosabatlarini
samarali qaror toptirishda pulning roli va ahamiyati kabi masalalarga e‘tibor
qaratiladi. Shuningdek, ushbu fanda mavjud muammolarni ochib berish va ularni
o‘rganish qanchalik darajada ahamiyatli ekanligi ham ko‘rsatib beriladi.
Nima sababdan biz moliya bozorlarini o‟rganamiz? Mazkur fanda shuningdek, ba‘zi bozor sub‘ektlari oborotida yuzaga kelgan, ular ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan bo‘sh moliyaviy resurslarni, ularga extiyoj sezayotgan boshqa bozor sub‘ektlariga o‘tkazishni amalga oshirayotgan moliyaviy bozorlarga e‘tibor qaratiladi va biz moliyaviy bozorlar, ularning funktsiyalari, roli to‘g‘risida ham ma‘lum bilimlarga ega bo‘lamiz. Frederik S. Mishkin ham ta‘kidlaganidek, qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar va obligatsiyalar) bozori pul oqimlaridan oqilona daromad olish maqsadida ularni tezkorlik bilan foydalanuvchilarga etkazib berishni ta‘minlab turadilar. Xaqiqatdan ham, moliya bozorlarining muvaffaqiyatli ishlashi iqtisodiy o‘sishning asosiy me‘zonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Moliya bozorlarining samarasiz faoliyat ko‘rsatishi jahonning ko‘plab mamlakatlarida ularning kambag‘allikka yuz tutishiga sabab bo‘lmoqda. Moliya bozoridagi hodisalar aholining turmush tarzi, ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi va iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi.