―Sheyla – juda xam zur qalliq, unda juda xam ajoyib ish bor va kup pul
ishlab topadi‖ kabi misolda iqtisodchilar tomonidan ―daromad‖sifatida olingan
kursatkich, odamlar tomonidan ―pul‖ sifatida tavsiflanadi. Ammo daromad bir
vakt birligida mablaglar okimini bildiradi. Aksincha, pul bu –ayni vakt xolatiga
ma‘lum bir summani ifodalovchi zaxira xisoblanadi. Agar sizga kimdir uning
daromadi 1000 doll. ni tashkil qilganini ma‘lum kilsa, kaysi davr oralig‗ida (yilda,
oyda, kunda) ishlab topilganligi tug‗risida ma‘lumotga ega bo‗lmasdan, siz ushbu
daromad kam yoki kup ekanligini ayta olmaysiz. Kimdir sizga uzining chuntagida
1000 AQSH dollari borligini ma‘lum kilsa, siz ushbu summaning kam yoki ko‗pligi
to‗g‗risida aniq tasavvurga ega bo‗lasiz.
Eslab utish joizki, ushbu kitob cheklovlarsiz tovarlar va xizmatlarni
ayirboshlashda
qullaniladigan
pulning
umumkabul
kilingan
tulov
vositasi,shuningdek, daromad hamda boylikdan tashqari qarz majburiyatlarini
so‗ndirish vositasi sifatida o‗rganishga bag‗ishlangandir
6
.
Shuningdek, natural xo‗jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat
taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‗tishi bilan odamlar o‗rtasida
mahsulot ayirboshlash
jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv
jarayoni ro‗y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning
dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi
juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‗rtasida
mahsulotlarni
faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‗sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini
faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
ishlab chiqarishning natural xo‗jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish
davriga o‗tishi;
ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning bir – biriga o‗zaro bog‗liqligining
vujudga kelishi;
ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta‘minlanganligi.
Dostları ilə paylaş: