― pul va banklar


Qiymat shakllarining evolutsiyasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266
pul va banklar (2)

2.2.Qiymat shakllarining evolutsiyasi 
 
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e‘tibor, 
uning qiymat shaklining rivojlanish evolyusiyasiga qaratiladi. Chunki, pulning 
vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim o‗rin tutadi. Pulning qiymat 
shakllari, asosan, beshta ko‗rinishdan iboratligi e‘tirof etilib, ular quyidagilardan 
iborat. 
1.Qiymatning oddiy shakli
.
Qiymatning ushbu shakli natural xo‗jalik 
tuzumiga xos bo‗lib, mahsulotlarning ortiqchaligi vaqti – vaqti bilan vujudga 
kelgan sharoitda amal qilgan. Qiymatning oddiy shaklida ishlab chiqarish 
hajmining pastligi, yaratuvchi va oluvchining manfaatlari doimo ham bir – biriga 
mos kelmagan ayirboshlash jarayonida ma‘lum tovarlargina ishtirok etgan.
6
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 94-104 


Ushbu 
davrda 
odamlar 
o‗rtasida 
vujudga 
kelgan 
ayirboshlash 
munosabatlarining vujudga kelishiga ortiqcha mahsulotni buzilmasligi va turib 
qolmasligining oldini olishga bo‗lgan ehtiyoj turtki bo‗lgan.
Masalan, bir qop don = bitta qo‗yga almashilgan va h.k.
2.Qiymatning kengaytirilgan shakli
.
Qiymatning kengaytirilgan shakli 
jamiyatda mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, 
ushbu davrda, kishilar o‗rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi 
kishilar mahsulotning asosiy qismini ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshladi. 
Natijada, ishlab chiqarish salmog‗i ortib bordi, mahsulotlar tez – tez tovar sifatida 
ayirboshlash jarayonida ishtirok eta boshladi. Bitta tovar bir necha tovarga 
ayirboshlanadigan bo‗ldi. Ayirboshlash jarayonining vujudga kelishida, 
tomonlarning mafaatlari o‗zaro mos kelishi asosiy omil sifatida maydonga chiqdi.
Qiymatning kengaytirilgan shakli amal qilgan davrda ayrim tovar turlari, 
mehnat qurollari va mollar pulning vazifasini bajargan. Masalan, bir qop don = 
bitta qo‗y, bitta boltaga ayirboshlana boshladi. Albatta, mamlakatning geografik 
xususiyati va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, ular o‗rtasida pul vazifasini 
bajaradigan tovarlar va mahsulotlarni ajralib chiqishiga sabab bo‗ldi. Masalan, 
AQShda tamaki, Sharqiy Xindistonda qand, fil suyagi, Qadimgi Gretsiyada buqa, 
Shotlandiyada mix, Misrda mis, shuningdek don, tuz va jun kabi mahsulotlar 
umumekvivalent vazifasini bajara boshladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin