mamlakat ichki bozorida chet el valyutasiga bo‗lgan talab va taklif, milliy
iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy holatlar ta‘sirida o‗zgarib
turadi. Bu uning sotib olish
qobiliyatining mustahkamligi, inflyasiya darajasi va
boshqa iqtisodiy ko‗rsatkichlarda namoyon bo‗ladi.
2.4.Pulning mohiyati. Pulning o‗ziga xos xususiyatlari.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta‘riflar va
talqinlar mavjud bo‗lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud
emas. Chunki, jamiyatda xo‗jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy
sharoitning o‗zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda.
Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya
sifatida, qiymat o‗lchovi vositasi, umumekvivalent tovar,
maxsus tovar,
ayirboshlash vositasi ekanligini e‘tirof etadi.
Pul jamiyatda sodir bo‗layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami
ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va
taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini
namoyon qiladi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida
e‘tibor qaratgan bo‗lmasalarada
7
, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga
nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy
kategoriya darajasiga ko‗tarib, unga ―pul – bu muomalaning buyuk g‗ildiragi―,
―savdo sotiqning yuksak quroli‖ sifatida ta‘rif beradi
8
.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz bildirib, ―Pul bu –
savdo – sotiqning g‗ildiragi emas, balki u yog‗, shu savdo – sotiq g‗ildiragini erkin
va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖
degan fikrni bildiradi
9
.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida
e‘tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov
pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu
jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‗lovlarni amalga oshirish ishlarini
engillashtiradi‖ deya ta‘kidlaydi
10
.
O‗zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar
masalasiga bag‗ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda
uchta jihatiga e‘tibor qaratish lozimligini ta‘kidlaydi. ―Birinchidan,
pulning
iste‘mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‗z aksini topadi. Ikkinchidan,
pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi.
Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida
namoyon bo‗ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa
tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‗lgan maxsus tovar degan xulosaga
kelish mumkin‖
11
.
7
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 8 – б.
8
Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. –С.418, 421.
9
Юм Д. Опыты. –М.: Издание К.Т.Солдатенкова, 1986. –С.20.
10
Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. –М.: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008. –С.8.
11
Абдуллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. –Т.: ―Иқтисод – молия‖, 2007, 7 – б.
Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida
nashrdan chiqarilgan darslikda ―Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida
ko‗llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‗lib, boshqa barcha
tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne‘matlarning
qimmatini o‗lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob –
kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi
ne‘matdir. Pul – bu mutloq likvidlilikka ega bo‗lgan ne‘matdir. Pul – bu iqtisodiy
kategoriya bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‗ladi va
uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‗zaro harakatlarning
transaksion xarajatlarini tejashdan iborat‖
12
.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda
yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr
Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‗rish
mumkin
13
.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‗rinib
turibdiki, pulning mohiyatiga xorijiy
va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‗zlarining
yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish
maqsadidan yiroqmiz.
Pul–iqtisodiy kategoriya bo‗lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent
vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur
bo‗ladigan, hukumat tomonidan o‗rnatilgan to‗lov vositasidir. Pul – qat‘iy
o‗rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat
boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan
barcha tovarlar uchun
ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar
singari pul ham kishilar tomonidan jamg‗ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va
xizmatlarni ko‗rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‗aradi. Tovarlarni sotib
olish va turli xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi».
Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon
bo‗ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‗rin beriladi.
Dostları ilə paylaş: