tomonidan tasdiqlangan va ushbu yozuv bo‗lgan bu qog‗oz tanga qiymatga ega va
haqiqiy kumush tanga qatorida to‗lovga qabul qilinishi shart. Ushbu tartibni
buzgan har qanday shaxsning boshi kesiladi‖ degan mazmundagi so‗zlar bitilgan
edi.
Xitoyda muomalaga chiqarilgan qog‗oz pullarning hajmi ortib ketganligi va
ularni tartibga solish mexanizmlari mavjud bo‗lmaganligi bois juda tez vaqt ichida
qadrsizlanib ketadi. Natijada 1500 yillarga kelib qog‗oz pullarni muomalaga
chiqarish bekor qilinadi.
Evropada dastlabki qog‗oz pullar Stokgolim banki tomonidan 1661 yilda
emissiya qilingan. Evropada qog‗oz pullar emissiyasining namoyandalaridan biri
shotlandiyalik Djon Lo (1671 – 1729) hisoblanadi. Uning ta‘limotiga ko‗ra,
muomalaga chiqarilgan qog‗oz pullar ishlab chiqaruvchilar faolligini oshiradi va
davlatning xazinasini to‗ldirishda juda qulay vosita hisoblandi. U o‗zining
ta‘limotini 1716 – 1720 yillarda Fransiyada o‗zi tashkil etgan bank orqali amalga
oshirishga erishdi. Biroq, muomalada qog‗oz pullar haddan ortiq ko‗payib ketishi
natijasida pullarning qadri tushib ketdi va uning ta‘limoti inqirozga yuz tutdi.
Dostları ilə paylaş: