― pul va banklar


O„zbekistonda qog„oz pullar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   266
pul va banklar (2)

O„zbekistonda qog„oz pullar
1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida
muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 
500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‗oz pullar tanga deb atalgan.
1920 yilda Buxoro Sho‗ro qo‗shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro 
amirligi o‗rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi 
BSXR da 1920 yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‗oz 
tangalar muomalada bo‗lib keladi, hamda ularni bir oz o‗zgartirilgan holda 
chiqarish, ya‘ni sovet simvolikasi qo‗yilgan holda tanga nomi bilan qog‗oz pullar 
muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali 
rublda ko‗rsatilgan qog‗oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 
20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan. 
1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning 
nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar 
muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‗p o‗tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past 
nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 
va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan
16

Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy 
jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‗liq bo‗lib, 
bularning ichida kishilar o‗rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‗lishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda 
pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy 
ekanligidan dalolat beradi.
2.6.Pulning funksiyalari. 
 
Pulning funksiyalari.
16
Ўзбекистон ҳудудида танга ва қоғоз пулларнинг чиқарилиши ва амал қилиши билан боғлиқ материаллар 
Ф.Муллажоновнинг Ўзбекистон Республикаси банк тизими китоби (–Т.: «Ўзбекистон» 2001й. 6 – 27 
бетлар)дан фойдаланилган ҳолда тайѐрланди. 


Pul chig‗anoq yoki brilliant, oltin yoki qog‗oz pul ko‗rinishida bo‗lishidan 
qa‘tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash 
vositasi, qiymat ulchovi va jamg‗arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash 
funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini 
belgilab beradi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin