― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   266
pul va banklar (2)

jamg„arma funksiyasini 
bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar 
va ko‗rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‗lmaganda, 
shuningdek, oldindan ko‗rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‗lov 
vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‗arma funksiyasini bajaradi. Agar, 
jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy 
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, pul asosan jamg‗arma vositasi funksiyasini 
bajarayotganligining guvohi bo‗lishimiz mumkin. 
Pulning jamg‗arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foydalanmasdan 
kishilar o‗zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, bankning omonat 
hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha turdagi xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning naqd pul ko‗rinishida kassada saqlanadigan vaqtincha bo‗sh 
mablag‗lari va bank hisobvaraqlarida naqd pulsiz ko‗rinishda namoyon bo‗ladi.
Pulning jamg‗arma funksiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy jihatdan muhim 
vazifani bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat miqyosidagi vaqtincha bo‗sh pul 
mablag‗larni (naqd va naqdsiz pul ko‗rinishida) ma‘lum shartlar asosida o‗zida 
jamlab, ushbu mablag‗larga ehtiyoji bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
to‗lovililik, maqsadlilik va qaytarishlik asosida berishi orqali, mamlakatda jami 
ijtimoiy mahsulotni ko‗paytirishda pulning jamg‗arma funksiyasidan foydalanadi. 
Iqtisodiyotda yuqori inflyasiya darajasi pulning aholi qo‗lidagi va kredit 
muassasalarida jamg‗arma vositasi funksiyasini bir qadar chegaralaydi. Aholi 
o‗zining vaqtincha pul mablag‗larini banklarda va uyda saqlashdan ko‗radigan 
iqtisodiy samaradorligi past bo‗lishi, iqtisodiyotda tovarlarning bahosini kundan 
kunga o‗sib borish tendensiyasiga ega bo‗lgan sharoitda, ushbu, pullarni 
qimmatbaho metallarni, ko‗chmas mulk va xorijiy valyutalarni sotib olishga 
sarflaydi. Buning natijasida, mamlakat Markaziy banki tomonidan olib 
borilayotgan pul – kredit siyosatining samarasi ko‗zlangan maqsadga erishish 
imkoniyatini bermaydi. 
Pulning jamg‗arma funksiyasining ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarni 
ta‘minlash lozim:
– omonatchilarning kredit muassasalarda saqlanayotgan pul mablag‗laridan 
iqtisodiy manfaat ko‗rish, istagan paytda to‗liq va zudlik bilan qaytarib olish 
imkoniyatini ta‘minlanganligi; 
– qo‗yilgan mablag‗larning kafolatlanganligi (sir saqlanishi, iqtisodiy 
barqarorligi, to‗liq qaytarilishi); 
– risk darajasining pastligi. 
Pulning funksiyalari bir – biriga bevosita bog‗liq bo‗lib, ular doimo bir – 
birini to‗ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‗ladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin