– biriga yordam berishi, oziq – ovqatlarni baham ko‗rishi kerak bo‗lgan. Bu
beg‗araz tartibda amalga oshirilib, buning o‗rniga ular bir – biridan hech narsa
umid qilmagan, hamma narsa o‗rtada bo‗lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug‗chlikning rivojlanishi
natijasida turli qabila
qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‗rtasida dahshatli qonli
to‗qnashuvlar bo‗lib turgan. Ushbu to‗qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi
ustidan g‗alaba qozongandan keyin, ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan.
SHu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar,
asosan iste‘mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar
o‗rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar erlarni o‗zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik
dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi
bir yo‗la iste‘mol qilingan bo‗lsa, endi ma‘lum
miqdorda zaxiralar qilina
boshlagan. Zaxira qilindimi, u erda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar
esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning
natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan.
SHuningdek, keyinchalik
hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o‗rtasidagi bir
tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib
chiqargan.
Odamlar o‗rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani
mehnat
qurollari hisoblanadi, 1 – rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda,
chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bo‗lib, ular o‗z
mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat
qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Evropada eng ko‗p tarqarlgan ayirboshlash vositasi
kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko‗ra ular juda yirik bo‗lib,
ayrimlarini og‗irligi 40 kgni tashkil etgan. Evropada kremnivie boltalar juda keng
tarqalgan bo‗lib, unga ega bo‗lgan kishilar
juda boy va mavqie yuqori
hisoblangan
32
.
32
Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. –М.: Мир энциклопедий Аванта+, Астрель,
2009. – 184 с.: ил. –(Самые красивые и знаменитые). –С. 14.
Agar Evropada bolta juda keng tarqalgan to‗lov vositasi hisoblansa,
Russiyada iste‘mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan.
Masalan, iste‘mol tovarlar ichida buqalar asosiy to‗lov vositasi sifatida tan olingan.
Barcha narsaning qiymati, hatto erlar ham buqalar bilan o‗lchangan.
Manbalarga ko‗ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik
bilan shug‗ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida
buqalar, mayda to‗lov vositasi sifatida qo‗ylar xizmat qilgan.
Dehqonchilikning
rivojlanishi natijasida bug‗doy o‗lchov biriligi vositasida foydalanilgan. Bug‗doyni
uzoq saqlash imkoniyati bo‗lmaganligi, u ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng
buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig‗onoqlari, tosh bolta va shu kabi
boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga qarang.
Qadimda natural pullar turli ko‗rinishda bo‗lib, (2 – rasmga qarang) ulardan
to‗lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta‘sir qilgan. Xususan:
– odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lgan buyumlar;
– mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
– kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi;
– uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: