― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   266
pul va banklar (2)

 
Qog‗oz pullar 
Qog‗oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy 
voqelik bo‗lib, ushbu jarayon o‗zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib 
chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyasiya hisoblanadi. Qog‗oz pullarning 
muomalaga chiqarilishi natijasida inflyasiya muammosining paydo bo‗lishini 
asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‗lmagan, ya‘ni 
haqiqiy pullarning o‗rinbosarlari hisoblanadi. Qog‗oz pullarda aks ettirilgan 
nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‗oz 
pullarning haqiqiy qiymati juda past.
Yuqorida oltin tangalarning o‗rniga qog‗oz pullarning kirib kelishi bilan 
bog‗liq tavsilotlar atroflicha bayon etilgan. Ularni qaytarilishiga yo‗l qo‗ymaslik 
maqsadida, oltin tangalarni saqlovchilar va oltinni saqlashga beruvchilar o‗rtasida 
o‗zaro munosabatlar natijasida qog‗oz pullarni muomlaga chiqarish bilan bog‗liq 
jarayonni qisqacha bayon etmoqchimiz. Ushbu jarayon Evropaning ayrim 
mamlakatlari va AQSh amaliyotida qog‗oz pullarning kirib kelish tajribasida ro‗y 
bergan.
Chunki, ushbu mamlakatarda qog‗oz pullar Xitoy, Turkiston, Rossiya 
malakatlaridan keyin muomalaga kiritilgan bo‗lsada, oltin tangalarni muomaladan 
chiqib ketishi natijasida ularning o‗rniga qog‗oz pullarni kirib kelishi stixiyali 


tarzda ro‗y bergan. Manabalarga ko‗ra, dastlabki qog‗oz pullar Xitoy, Turkiston va 
Rossiyada davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining jadal rivojlanib borishi natijasida, 
kishilar o‗rtasida ayirboshlash hajmi misli ko‗rilmagan darajada o‗sib bordi. Bu 
jarayon oltinlarni saqlash va ularning xavfsizligini ta‘minlash borasida qator 
muammolarni keltirib chiqara boshladi. Bularni bartaraf etish maqsadida oltinlarni 
saqlab berish evaziga daromad oluvchilar paydo bo‗ldi
33
. Oltin saqlovchilar asta – 
sekinlik bilan odamlarning ishonchiga kirib borishi natijasida kishilar vaqtinchalik 
bo‗sh oltin tangalarini ma‘lum haq to‗lash evaziga ularga topshira boshladi. Oltin 
saqlovchi oltinlarni saqlar, ularning xavfsizligiga javobgar edi, shuningdek, kimga, 
qachon va qancha oltin kerak bo‗lsa tegishli yozuvlarni (oltinni olganligini 
tasdiqlovchi tilxatlar) yuritgan holda bera boshladi.
―A‖ shaxs ―B‖ shaxsga sotib olgan tovari uchun to‗lagan oltin tangani ―B‖ 
shaxs ham o‗z navbatida ehtiyojidan ortiqcha qismini oltin saqlovchiga eltib 
topshirar edi. Bu oltin saqlovchi va oltinni saqlashga beruvchilar o‗rtasida o‗zaro 
ishonchning paydo bo‗lishiga olib keldi. Keyinchalik oltin saqlovchi odamlar 
orasida tanilib, ishonchga kira boshlaganlaridan so‗ng odamlar ehtiyojlari uchun 
zarur bo‗lgan oltinni olmasdan, tovar va mahsulot uchun sotuvchiga tilxatlarning 
o‗zini to‗lov vositasi sifatida bera boshladi. O‗z navbatida sotuvchi ushbu 
tilxatlarni to‗lov vositasi sifatida qabul qildi, zarur hollarda ushbu tilxat asosida 
oltin saqlovchidan kerakli miqdordagi oltinlarni oldi, yoki uchinchi shaxsga to‗lov 
vositasi sifatida o‗tkazib yubordi. Shu tariqa muomalada qog‗oz pullar paydo 
bo‗ldi. 
Bu jarayon shu darajada rivojlanib ketdiki, barcha taniqli va etarli darajada 
ishonchga ega bo‗lgan oltin saqlovchilarning tilxatlari muomalada to‗lov vositasini 
bajara boshladi. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‗oz pullar to‗lig‗icha oltin 
bilan ta‘minlangan edi. Keyinchalik esa oltin saqlovchining kasodga uchrashi, yoki 
odamlarning ishonchini suiste‘mol qilishi natijasida muomalada ta‘minlanmagan
qog‗oz pullar paydo bo‗la boshladi. Natijada ushbu pullar oltin saqlovchilarga 
taqdim etilganda ular buning evaziga oltin tangalar berishdan bosh tortdi. 
Bularning barchasi mamlakatda pul muomalasini izdan chiqishi oqibatida xo‗jalik 
yuritish va hisob – kitoblarni amalga oshirishda tanazulliklarni keltirib chiqardi. 
Aynan shu jarayonda davlat qog‗oz pullarni tartibga solish va yagona emissiya 
qilishni o‗z qo‗liga oldi. Buning uchun alohida davlat banki, ya‘ni Markaziy 
bankni tashkil etdi, unga muomalaga qog‗oz pullarni chiqarish, pul muomalasini 
tartibga solish vazifalari yuklatildi. Tijorat banklari esa muomalga naqd pullarni 
emissiya qilish huquqidan mahrum etilib, mijozlarga bank xizmatlarini 
ko‗rsatadigan tijorat muassasalariga aylantirildi. 
Angliyada qog‗oz pullar 1817–1843 yillarda tijorat banklari tomonidan 
muomalaga chiqarilgan, 1813 yilda Angliya Banki o‗z banknotasini muomalaga 
chiqardi. 1844 yildan boshlab esa tijorat banklariga pulni emissiya qilish bekor 
qilindi va R.Pilning qonuniga asosan Angliya Bankining emissiya huquqi joriy 
etildi.
33
Бир неча асрдан кейин ушбу ―олтин сақловчилар‖ банкларга айландилар. 


Qog‗oz pullar ta‘minlanmagan, asl qiymatga ega pullar bo‗lmaganligi sababli 
ayrim davlatlarda muomalaga chiqarilgan pullar dastlabki davrlarda to‗lov vositasi 
sifatida hisob – kitoblarda keng qo‗llanilishida muammolar uchrab turgan. Buning 
oldini olish maqsadida og‗ir choralar qo‗llanilgan. Masalan, Xitoyda qog‗oz 
pulning o‗ziga uni to‗lov vositasi sifatida qabul qilmagan shaxsning boshi kesilishi 
qayd etilgan, Fransiyada 25 yil qamoq jazosi, ba‘zi hollarda o‗lim jazosi ham 
qo‗llanilgan. Angliyada chiqarilgan qog‗oz pullarni to‗lov vositasi sifatida qabul 
qilmagan kishilarni davlatga qarshi xiyonat darajasigacha olib chiqilgan. 
Davlat tomonidan emissiya qilingan qog‗oz pullar bevosita va bilvosita 
ta‘minlangan edi. Bevosita ta‘minlangani oltin tangalar bilan, davlatning soliqlarni 
va boshqa majburiy to‗lovlarni shu qog‗oz pullarda qabul qilishi bilvosita 
ta‘minlanganligi sifatida belgilab qo‗yildi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ―emissiya qilish‖ va ―muomalaga pul chiqarish‖ 
tarzidagi ma‘nosi bir – biriga yaqin bo‗lgan iqtisodiy terminlarni uchratamiz. Biroq 
bu ikki iqtisodiy termin ma‘nosi va iqtisodiyotga ta‘siri jihatidan bir – biridan 
tubdan farq qiladi. 
Naqd pullarni muomalga emissiya qilinishi iqtisodiyotda pul massasining 
hajmini oshiradi. Bu ishni mamlakat Markaziy banki amalga oshiradi. Muomalaga 
naqd pullarni chiqarish esa mavjud pul massasi hajmini o‗zgartirmagan holda 
tijorat banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‗y berganda 
davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar davlatning topshirig‗i 
bilan muomalaga chiqariladigan qo‗shimcha pul emissiyasi orqali hal etilar edi, bu 
o‗z navbatida qog‗oz pullarning qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan 
chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‗oz pullar asl qiymatga ega bo‗lmagan, o‗rinbosar 
pullar hisoblanib, ularni doimiy ravishda tartibga solib borish va tegishli nazoratni 
amalga oshirishni talab etadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin