ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar o‗rtasida tovar – pul munosabatlarini vujudga
keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗ratasida
ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‗ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗rtasida ayirboshlanadigan tovar
yoki mahsulotning bahosi muhim rol o‗ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va
taklif asosida pulda ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim
iqtisodiy
mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘sir
qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‗lgan talab darajasi, sotib
oluvchining to‗lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni
tashkil etishda pulning
ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, pulning tovar xo‗jaligi
sharoitida amal qilishining samaradorligini oshishiga qator omillar ta‘sir qiladi.
Xususan ular quyidagilardan iborat.
1.
Iqtisodiyotning
barqarorligi
va
raqobatbardoshligi
.
Mamlakat
iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘mol tovarlar va
xizmatlarga bo‗lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish
imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi.
Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy
valyutalarni chetga chiqib
ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta‘minlanganligi
. Ma‘lumki, Markaziy
bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan,
ushbu maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat
boshqaruv organlari bosimidan holi bo‗lishi lozim. Aks
holda milliy valyutaning
barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo‗jaligidagi roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi
.
Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‗lgan ishonchining yuqoriligi
pulning roliga bevosita va bilvosita ta‘sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning
banklarga nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‗sh pul
mablag‗larini banklarga muddatli omonat sifatida qo‗yishga undaydi.
Bu esa
pulning jamg‗arma vositasi va to‗lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga,
birinchidan, pul egalariga qo‗shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning
real sektorni kreditlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‗jaligi
sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
4. Inflyasiya darajasining tegishli me‘yorlarda saqlab turilishi
.
Milliy
valyutaning inflyasiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘yorlardan
ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Inflyasiya darajasi
yuqori bo‗lgan sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit
muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi qisqaradi,
korxona va tashkilotlar
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o‗zaro olib sotish yo‗li bilan daromad izlash
payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste‘mol tovarlarga bo‗lgan talabi mahalliy
ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning
barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: