fidutsiar qog„oz pullarga aylandi. Qog‗oz pullarning eng katta ustunligi shundan iboratki, ular tangalar yoki qimmatbaho metallarga nisbatan engilroq edi. Ammo ayirboshlash vositasi sifatida ular faqatgina qog‗oz pullarni muomalaga chiqaruvchi hokimiyatga faqatgina ma‘lum bir ishonch bo‗lgan holatdagina ayirboshlash vositasi sifatida qabul qilingan. Qog‗oz pullarning bosma holati sifati etarli ravishda yuqori darajada bo‗lishi hamda qalbakilashtirishning imkoni mavjud bo‗lmasligi lozim. Qanchalik darajada qog‗oz pullar kelishuv shakli bo‗lsa, mamlakatlar yangi pullarni muomalaga chiqarishlari yoki o‗z xohishiga ko‗ra eski pullarga o‗zgartirishlar kiritishlari mumkin. Darhaqiqat, 2002 yilda ko‗plab Evropa mamlakatlari o‗zlarining milliy valyutalarini bekor qilib, evroga o‗tishlari yaqqol misol bo‗ladi. Qog‗oz pullar va tangalarning eng katta kamchiligi ularning osonlik bilan o‗g‗irlanishi va
hajmining yirikligi hisobiga katta miqdorda tashish juda katta xarajatlarni talab qilishi hisoblanadi. Bu muammoni hal etish maqsadida to‗lov tizimi rivojlanishida navbatdagi qadam tashlandi. Bank ishining zamonaviy darajasi cheklarni keng tatbiq etilishini ko‗zda tutadi. Cheklar. Chek –bir hisobraqamdan boshqasiga pulni o‗tkazish bo‗yicha bankga topshiriqdir. Cheklar katta miqdordagi naqd pullardan foydalanmasdan ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Cheklarning tatbiq etilishi to‗lov tizimining samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Ko‗pgina to‗lovlar qarama-qarshi yo‗nalishlarda amalga oshirila turib, bir-birini o‗zaro so‗ndiradi. Cheklar yordamida to‗lovlarning o‗zaro so‗ndirilishi naqd pullarsiz sodir bo‗ladi. O‗z navbatida, cheklardan foydalanish to‗lov tizimi bilan bog‗liq transport xarajatlari qisqartiradi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Cheklarning boshqa ustunligi shundan iboratki, ularga hisobrakamdagi qoldiqdan oshib ketmaydigan summada har qanday summani yozish mumkin. Bu yirik operatsiyalarni amalga oshirishni engillashtiradi. Cheklar xarid uchun hisob-kitob qilishda qulayligi bois o‗g‗irlatish imkonini bermaydi. Ammo cheklarga asoslangan to‗lov tizimida ikkita kamchilik mavjud. Birinchidan, chekni bir joydan ikkinchi joyga etkazib berish vaqt talab qiladi. Bu holat juda ham pulga ehtiyoji bor to‗lovni oluvchi boshqa shaharda joylashganda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari siz chekni egasi sifatida bilasizki, chekda yozilgan summani depozitga kirim qilganingizdan so‗ng bank bir necha kundan so‗ng sizga depozitdan foydalanishga ruxsat beradi. Agar sizga zudlik bilan naqd pul zarur bo‗ladigan bo‗lsa, cheklar bilan to‗lovni amalga oshirish xafsalani pir qiladi. Ikkinchidan, cheklarni chop etadigan qog‗oz qimmatga tushadi; baholashlaricha AQShda cheklarga ishlov berish xar yili 10 mlrd. AQSh dollari sarflanadi.