― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   266
pul va banklar (2)

Pullarni o„lchash. 
Pulning umum qabul qilingan to‗lov vositasi sifatida mohiyatining tavsif 
etilishi, tovar va xizmatlarga chegarasiz ayirboshlanishi va qarz majburiyatlarini 
so‗ndirishda foydalanilishi ko‗rsatadiki, pullar odamlarning fe‘l-atvoriga bog‗liq 
hisoblanadi. Agarda ularni tovar va xizmatlarni to‗lash yoki qarzdorlikni 
so‗ndirishda ishlatiladigan bo‗lsa, aktivlarni pulga aylanish jarayoni yuzaga 
keladi. Ko‗rganimizdik, yuz yillar davomida ko‗plab turli aktivlar, ya‘ni oltin va 
qog‗oz pullardan tortib chek depozitlarigacha pul rolini bajardi. Shuning uchun 
pulning axloqiy tavsif etilishi qanday aktivlarni pul sifatida qabul qilinishini aniq 
belgilamaydi.
Federal rezerv tizimining pul aggregatlari. 
Federal rezerv tizimi – AQShda monetar siyosatni amalga oshiruvchi bosh 
muassasa hisoblanib, pullarni o‗lchash borasidagi muammolar borasida ko‗plab 
tadqiqotlarni o‗tkazadi. So‗nggi yillarda moliyaviy innovatsiyalarni tatbiq etilishi 


pullarga tegishli yangi turdagi aktivlarni yaratilishiga olib kelib uning 
ahamiyatini yanada oshirdi. 1980 yildan keyin Federal rezerv tizimi bir necha 
marotaba pullarni o‗lchashga oid yondashuvni o‗zgartirdi va 
pul aggregatlari-
 
M1, M2, MZ deb nomlanuvchi pul massasining uchta ko‗rsatkichlarida to‗xtadi. 
(Financial News box ga tegishli 1-jadvalga qarang.)
Pul aggregatlarining eng qisqasi M1 hisoblanib, naqd pullar, joriy hisoblar 
va yo‗l cheklarini o‗z ichiga oladi. M1 ning tarkibiy elementlari 1-jadvalda 
keltirilgandir. M1ning naqd pullar komponenti o‗z ichiga faqatgina muomaladagi
qog‗oz pullar va tangalarni olib, bankomatlar va bank depozit yacheykalarida 
joylashgan naqd pullarni o‗z ichiga olmaydi. Eng qizig‗i shundaki, AQSHda har 
bir inson uchun 3000$ dan ortiq naqd pullar muomalada mavjuddir. (FYI jadvalini 
qarang). Sa yohatchilarning cheklari M1ning elementi hisoblanib, banklar 
tomonidan muomalaga chiqarilmagan sayohatchilarning cheklarini o‗z ichiga 
oladi. Talab qilib olinguncha depozitlar elementi foiz to‗lanmaydigan biznes 
depozit hisobraqamalari va banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan 
sayohatchilarning cheklarini o‗z ichiga oladi. Boshqa talab qilib olinguncha 
depozitlar punkti o‗z ichiga barcha boshqa turdagi talab qilib olinguncha 
depozitlar, ya‘ni uy xo‗jaliklari tomonidan ushlab turiladigan foiz hisoblaydigan 
talab qilib olinguncha depozitlarni o‗z ichiga oladi. Ushbu aktivlar sof pullar 
hisoblanib, bevosita ayirboshlash vositasida foydalanilishi mumkin. 1970 
yillarning o‗rtalariga qadar tijorat banklari tomonidan faqatgina foizlar to‗lanishi 
ruxsat etilmagan joriy hisobvaraqlarni taklif qilishgan. Moliyaviy innovatsiyalar 
moliyaviy tizimni tartibga solishning normalariga o‗zgartirishlar kiritilishiga 
shart-sharoitlar yaratgan bo‗lsada, hozirgi kunda banklarning boshqa turlari – 
ssuda-jamg‗arma assotsiatsiyalari, o‗zaro jamg‗arma banklari va kredit soyuzlari 
ham joriy hisobvaraqlarni taklif etishmoqda. Bundan tashqari, bank muassasasi 
foizlar to‗lanadigan boshqa chek depozitlari, ya‘ni NAU hisobraqamlari (NOW — 
negotiated order of withdrawal), xisobraqamlardan avtomatik transfer 
xizmatlarini (ATS — automatic transfer from savings) taklif etishmoqda.


 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin