ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‗lib chiqdilar.Bu nazariya
o‗sha davr kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat
iqtisodiy taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‗arishga bo‗lgan
intilishi
iqtisodchilarning boylikning manbaini o‗rganishlariga sabab bo‗ldi. Ular bu
manbani savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi
mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari
jamiyat boyligini
qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi
deb hisoblar edilar.
Ma‘lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi,
metall tangalar o‗zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga
(moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‗llab –
quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‗oz pul nazariyasini inkor
etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta‘limotni
yoqlab chiqqanlarida
asosan nodir metallarni, ya‘ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar.
Ularning ta‘limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy
pul bo‗lib, ular o‗z qiymatlarini yo‗qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin
pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib,
iqtisodiyotda inflyasiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta‘kidlaydilar.
Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning
ko‗payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan
yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko‗ra: pulning
moxiyati ijtimoiy zaruriy mehnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va
kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya‘ni qanchalik ushbu metallar
sifatli bo‗lsa pulning qadri shuncha yuqori bo‗ladi.
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining
dastlabki davrida taraqqiy
etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‗irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi
kurashda progressiv rol o‗ynadi. Bu nazariyalar o‗sha davr ruhi va tuzilayotgan
burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori
bo‗lib chiqdilar. Bu nazariya o‗sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford
(1554-1612 y.) edi. U o‗z qarashlarini o‗zining Londonda 1581 yilda chop etilgan
«Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi.
Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.),
Fransiyada bu ta‘limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining
muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‗arishga bo‗lgan intilishi
iqtisodchilarning boylik manbaini o‗rganishlariga sabab bo‗ladi. Ular bu manbani
savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga
oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini
qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning
hamma funksiyalarini
bajaradi, deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy
kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi
maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida
yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‗arishni tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‗rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‗indisi ekanligini tushuna olmadilar.
Ilk metallik nazariya
targ‗ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‗z mavqeini yo‗qotdi. Ammo
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.
Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‗oyaning qayta
tiklanishiga 1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab
bo‗ldi. K. Knis targ‗iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi.
Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham
e‘tirof etdi. Bu paytga kelib xo‗jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‗la boshladi va
bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo‗lib, ularga almashtiriladigan
banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis
banknotalarni tan olgan
holda, hech nima bilan ta‘minlanmagan qog‗oz pullarga qarshi chiqdi. Uning
fikricha, pul muomalasi metall bilan ta‘minlangan banknotalar va metall
monetalarga asoslanishi shart. Qog‗oz pullar xuddi «qog‗oz bulka» kabi ma‘nosiz
narsadir. K. Knis ta‘kidlashicha, oltin o‗z tabiatiga ko‗ra puldir.
I Jahon urushidan so‗ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta
tiklash mumkin emasligini tan olib, o‗z nazariyalarini himoya qilish maqsadida
oltin quyma standart va oltin deviz standartga
asoslangan banknota ishlab
chiqarishni yoqlab chiqdilar.
Dostları ilə paylaş: