― pul va banklar


Biz naqd pulsiz jamiyatga o„tmoqdamizmi?



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   266
pul va banklar (2)

Biz naqd pulsiz jamiyatga o„tmoqdamizmi?
So‗nggi o‗n yillikda doimiy ravishda naqd pullarsiz jamiyatga o‗tish masalasi 
muhokam etib kelinmoqda. Ammo tarixiy rivojlanishning ushbu bosqichi xali xam 
amalga oshgani yo‗q. Misol uchun, 1975 yilda Business Week elektron 
to‗lovlarning tatbiq etilishi ―tez suratlarda aynan pul konsepsiyasini o‗zgarishi‖ 
ga olib kelishini bashorat qilgan edi. Ammo bir necha yillar o‗tgandan so‗ng 
nashr o‗zining xulosalarini rad qildi. So‗nggi yillarda ist‘emolchilarning elektron 
pullardan foydalanishga o‗rgatish maqsadida smart kartalarni tatbiq etish bilan 
bog‗liq bilan bir nechta tajribaviy loiyhalarni amalga oshirilishi muvaffaqiyatsiz 
yakunlandi. 1995 yilda Buyuk Britaniyada muomalaga chiqarilgan eng birinchi 
reklama qilingan xotirali kartochkalardan biri Mondex faqatgina mamlakatning 
bir nechta universitet shaxarchalarida foydalanildi. Germaniya va Belgiyada 
millionlab odamlar mikroprotsessor o‗rnatilgan kartochkalarga ega bo‗lib, aynan 
ushbu kartochkalarni elektron pullar sifatida foydalanish mumkin. Lekin bunday 
turdagi kartochkalardan foydalanuvchilar juda kamchilikni tashkil qiladi. Nima 
sababdan biz qog‗oz pullarsiz jamiyatga juda sekinlik bilan o‗tmoqdamiz? 
Garchand elektron pullar qog‗oz pullar to‗lov tizimiga nisbatan ancha qulay va 
samarali bo‗lsada, bir qator kamchiliklarga ega hisoblanadi. Birinchidan, 
kompyuter, kard redir va telekommunikatsiyalar tarmog‗ini o‗rnatish juda katta 


mablag‗ talab etganligi bois elektron pullar asosiy to‗lov shakli sifatida o‗rin 
egallashi qiyin kechmoqda. Ikkinchidan, elektron pullarga o‗tish ishonchlilik va 
xavfsizlik masalasida bir qator savollarni o‗rtaga tashlaydi. Biz tez-tez qandaydir 
xaker ma‘lumotlar bazasini ochganligi va mavjud ma‘lumotlarga o‗zgartirish 
kiritganligi to‗g‗risida eshitib qolamiz. Ko‗p uchrab turadigan xolatlaridan biri 
jinoyatchilar elektron to‗lov tizimidagi bank xisobraqamlarini ochishib, birovning 
xisobvarag‗idagi pullarni o‗g‗irlash orqali o‗zining xisobraqamiga o‗tkazib 
yuboradi. Bunday turdagi firibgarliklarni oldini olish maqsadida qilingan 
xarakatlar informatsion texnologiyalar xavfsizligi sohasida yangi tadqiqotlarni 
rivojlantirishga turtki bo‗lmoqda. Bu masalada xavotirning kuchayishiga yana bir 
sabab shu bilan izohlanadiki, elektron mablag‗lardan to‗lov sifatida foydalanish 
sotib oluvchilarning ehtiyojlarini to‗g‗risida ―elektron iz‖ larni qoldirilishiga 
sabab bo‗ladi. Xukumat, ish beruvchilar va savdogarlar ushbu ma‘lumotlardan 
foydalanishi orqali fuqarolarning shaxsiy hayotiga daxl qilishlari mumkin bo‗ladi.
Yuqorida qilingan muxokamalardan xulosa qilishimiz mumkinki, kelajakda 
elektron pullardan foydalanish keng ko‗lamda amalga oshirilishiga qaramasdan, 
Mark Tvinning ―naqd pullardan foydalanishning to‗xtashi to‗g‗risidagi mish-
mishlar ancha oshirib yuborilgandir‖. 
Elektron pullarning uchinchi shakli elektron naqd pullar hisoblanib, Internet 
orqali tovar va xizmatlar sotib olishni ko‗zda tutadi. Internetdan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo‗lgan sotib oluvchi bankda o‗z xisobvarag‗ini yuritadi va 
o‗zining shaxsiy kompyuteridan elektron naqd pullarni oladi. To‗lovni amalga 
oshirishni tugatish uchun elektron magazinga murojaat qiladi va tanlangan tovar 
bilan bir qatorda ―sotib olmoq‖ tugmasini bosadi. Natijada elektron naqd pullar 
avtomatik ravishda uning kompyuteridan sotuvchining kompyuteriga o‗tadi. 
Tovarlar yuklangungacha sotuvchi sotib oluvchining hisobraqamidan pullarni 
olishi mumkin. Elektron pullarning qulayligini hisobga olib, uylamizki, biz tezlik 
bilan barcha to‗lovlar elektron ko‗rinishda amalga oshiriladigan qog‗oz pullarsiz 
jamiyatga o‗tishimiz zarurdir. Afsuski, xozirgi davrgacha bu tizimga o‗tish amalga 
oshmadi. (yuqorida keltirilgan ―Biz naqd pulsiz jamiyatga o‗tmoqdamizmi?‖ 
parchasiga qarang. )

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin