― pul va banklar


To„lov tizimining evolyusiyasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   266
pul va banklar (2)

To„lov tizimining evolyusiyasi. 


Pulning funksiyalari va ularning turli xil shakllarini yaxshiroq tushunish 
uchun, to‗lov tizimining evolyusiyasi va iqtisodiyotda ayirboshlash 
operatsiyalarini o‗tkazish usullarini ko‗rib chiqamiz. To‗lov tizimi yuz yillar 
davomida pul shakllari bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda. Zamonning ma‘lum 
bir davrida oltin kabi qimmatbaho metallar asosiy to‗lov vositasi sifatida 
foydalanilgan va pulning asosiy shakli hisoblangan. Keyinchalik cheklar va 
qog‗oz pullar ko‗rinishidagi qog‗ozli aktivlarto‗lov tizimida foydalanish 
boshlangan va pulning asosiy shakli hisoblangan. To‗lov tizimining rivojlanishini 
kuzata turib, kelajakda pulning qanday shakllari muhim o‗rinni egallashini 
aniqlab olish muhimdir.
Tovar pullar. 
To‗lov tizimining rivojlanish istiqbollarini baholash uchun, uning shakllanish 
tarixini o‗rganish lozim. Pul funksiyasini bajaradigan har qanday ob‘ekt universal 
jihatdan qabul qilingan bo‗lishi shart va barcha tovarlar va xizmatlar uchun to‗lov 
sifatida qabul qilishga rozi bo‗lishi lozim. Har bir kishi uchun ahamiyatga ega 
bo‗lgan ob‘ekt iqtisodiyotda pul rolini bajarish uchun ehtimoliy nomzod 
hisoblanadi. Qimmatbaho metall yoki boshqa qimmatli tovardan ishlangan pullar 
tovar pullar
deyiladi. Qadimgi davrdan toki so‗nggi o‗rta asrlargacha eng 
primitivlaridan tashqari barcha jamiyatlarda ayirboshlash vositasini tovar pullar 
bajarishgan. To‗laligicha qimmatbaho metallar asoslanadigan to‗lov tizimining 
muammosi shundan iborat ediki, bunday pullar juda og‗ir va bir joydan ikkinchi 
joyga tashish juda ham qiyin edi.Barcha narsalarni faqat metall pullarga sotib 
olishga to‗g‗ri kelganda, sizning cho‗ntagingizda qanday teshiklar bo‗lishini 
tasavvur qilib ko‗ring. SHunisi aniqki, biror narsani xarid qilishga to‗g‗ri kelib 
qolsa, uyingizdan pullarni etkazib berish uchun yuk mashinasi yollashingiz talab 
qilinadi.
Qog„oz pullar. 
To‗lov tizimi rivojlanishining keyingi bosqichi qog‗oz pullar hisoblanadi. 
(ayirboshlash vositasi sifatida foydalaniladigan qog‗oz varaqlari). Dastlab qog‗oz 
pullarni tangalarga yoki ma‘lum bir miqdordagi qimmatbaho metallarga 
ayirboshlashni kafolatlash tizimi mavjud edi. Ammo ko‗plab mamlakatlarda bu 
qog‗oz pullar qonuniy ravishda qarzlarni to‗lash bilan bog‗liq ayirboshlash 
operatsiyalarida foydalaniladigan, ammo tangalarga yoki qimmatbaho metallarga 
ayirboshlanmaydigan

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin