― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266
pul va banklar (2)

Elektron pullar 
Banklarning rivojlanishi, o‗zaro to‗lovlar va hisob – kitoblar hajmining 
ortishi, shuningdek, texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX 
asrning ikkinchi yarmidan elektron pullar vujudga keldi. Elektron pullarning to‗lov 
instrumenti bo‗lib – plastik kartalar hisoblanadi. 
Plastik karta – bu pullarni naqdsiz ko‗rinishda ko‗chirish yoki naqd pul 
ko‗rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari 
tomonidan chiqarilgan nomli to‗lov hujjat hisoblanadi.
Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari 
juda ko‗p. Xususan: 
– kishi 1, 2, 3 mln so‗mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada 
bunday muammo mavjud emas; 
– hamyoningizdagi pulni yo‗qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz 
ularni begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona 
shaxslarni foydalanish imkoniyati juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus 
paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo‗qotgan shaxs zudlik bilan bankka 
xabar bersa uning hisobraqamlari bo‗yicha to‗lovlarni to‗xtatib qo‗yish mumkin; 


 – banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va 
mijozlarga berish kabi qo‗shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‗ bo‗ladi; 
– banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi 
vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‗shimcha foiz to‗lashi 
mumkin. 
O‗zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo‗yicha O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi. 
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 
sentyabrdagi ―Plastik kartochkalar asosida hisob – kitob qilish tizimini yanada 
rivojlantirish chora – tadbirlari to‗g‗risida‖ 445 – sonli Qarori, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi ―Plastik kartochkalar asosida 
naqd pulsiz hisob – kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo‗shimcha chora – 
tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ – 433 – sonli va 2010 yil 19 apreldagi ―Bank plastik 
kartochkalaridan foydalangan holda hisob – kitob tizimini rivojlantirishni 
rag‗batlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora – tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ – 1325 – 
sonli Qarorlari shular jumlasidandir. 
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‗z plastik kartochkalariga ega bo‗lib, 
ularning soni yildan – yilga ortib bormoqda. 
O‗zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan 
hisob – kitoblar samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 
– savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish 
uchun terminallarni ko‗paytirish;
– ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‗larni plastik kartalarga o‗tkazish 
jarayonini yanada takomillashirish; 
– barcha bank bo‗limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo‗yicha 
ham naqd pullarni echishlishini ta‘minlash kabi ishlarni yo‗lga qo‗yish lozim. 
YUqorida qayd etilgan holatlar bo‗yicha Markaziy bank va tijorat banklari, 
tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalari tomonidan amlaga oshirilayotgan 
ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin