kitoblarda qo‗llanilayotgan elektron pullar ko‗rinishi darajasigacha etib kelishiga
sabab bo‗ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‗z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda
hayot kechirgan va natural xo‗jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar,
hayvonlar,
mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‗lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda
metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‗oz pullar, XX asrdan esa
elektron pullar iqtisodiyotga to‗lov vositasi sifatida kirib keldi.
Demak, pul bugungi kundagi ko‗rinishiga etib kelguncha juda uzoq davr va
ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni bosib o‗tgan. Pulning turlarini o‗rganishda uni asl
qiymatga ega bo‗lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‗lmagan (o‗rinbosar) pul
sifatida o‗rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‗lov
vositasini
bajarganda ular o‗z qiymati bo‗yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan,
iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‗yicha
muammolar mavjud
bo‗lmagan.
Asl qiymatga ega bo‗lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga
nisbatan bir necha marta past bo‗lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy
ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda
pul massasi tovar
massasiga nisbatan ortib ketadi va qog‗oz pullar o‗zining to‗lov vositasi sifatidagi
qobiliyatini yo‗qotadi.
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‗lgan:
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya‘ni haqiqiy
pullar har qanday sharoitda
ham o‗zining dastlabki qiymatini yo‗qotmagan;
– ularni boshqa tovarlar kabi iste‘mol qilish mumkinligi.
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga
saqlab turish imkoniyatiga ega bo‗lmagan. Masalan, bug‗doy, tamaki, choy, baliq,
jun kabilar vaqt o‗tishi bilan o‗zining dastlabki xususiyatlarini yo‗qotgan.
Dostları ilə paylaş: